Объявляется набор на трудоустройство в авиакомпанию «Uzbekistan Airways» на должность КВС А320/321
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga HKK lavozimiga ishga qabul qilish e’lon qilinadi
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
1. A320/321 HKga amaldagi ruxsatnoma;
2. Amaldagi FA uchuvchisi guvohnomasi;
3. Amaldagi tibbiyot sertifikati
4. ICAO shkalasi bo‘yicha 4 va undan yuqori darajada ingliz tilini bilish (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);
5. Ariza berish paytida ushbu lavozimga tegishli HK turida, parvoz ishidagi 9 (to‘qqiz) oydan ortiq bo‘lmagan tanaffus;
6. Fuqaro aviatsiyasi yoki harbiy aviatsiya uchuvchisining tamomlangan to‘liq aviatsiya ta’limi;
7. A320/321 turidagi HKda parvoz vaqti kamida 1000 soat;
8. Havo kemasi ekipaji tarkibida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan darajada davlat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), rus va ingliz tillarini bilish;
9. Xorijiy fuqarolar uchun parvoz tajribasi kamida 5 (besh) yil;
10. Vakolatli organ tomonidan guvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
11. 55 yoshgacha.
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni elektron formatda (PDF) taqdim etishlari kerak:
− Parvoz uchun ishga joylashishga nomzod uchun rasmiylashtirilgan taqdimnoma (ilova qilingan);
− TUEKning parvozga yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi;
− FA uchuvchisi guvohnomasi;
− Ta’lim, parvoz soati, o‘zlashtirilgan havo kemalar turlari va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar;
− Asbob-uskunalar (Instrument Rating) bo‘yicha parvozlarga ruxsatni tasdiqlovchi hujjat;
− Parvoz tajribasini tasdiqlovchi mehnat daftarchasidan ko‘chirma;
− ICAO tilni baholash shkalasi bo‘yicha 4 darajadan kam bo‘lmagan ingliz tilini bilish darajasiga muvofiqlik sertifikati;
− (O‘zR harbiy xizmatga majbur fuqarolari uchun) harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy guvohnomasi.
Hujjatlar PDF formatda pilot.career@uzairways.com elektron pochta manziliga yuborilsin.
Tanlov Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Tanlov bosqichlari:
1. Suhbat
2. ICAO shkalasi bo‘yicha ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat
3. Trenajyorda tekshirish
Shartnoma muddati 12 oy; 36 oy.
Tanlov ishtirokchilariga “Uzbekistan airways” AJ qatnovlarida tanlov o‘tkaziladigan joyga va orqaga aviachiptalar beriladi;
To‘lov: 70 soat uchun 10.000 AQSh dollaridan, 90 soat uchun esa 12.000 AQSh dollarigacha
Ijtimoiy paket (tibbiy sug‘urta, xodim va oila a’zolari uchun aviakompaniyamizning har qanday muntazam yo‘nalishi bo‘yicha xizmat chiptalari, turar joy to‘lovi - 6.000.000 so‘m) ko‘zda tutilgan.
45 ish kunigacha mehnat ta’tili;
Hujjatlar uchun ariza va taqdimnoma to‘ldirilishi zarur (qo‘shimchada).