Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Me'yordan ortiq yuk

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Me’yordan tashqari olib ketiladigan bagaj, shuningdek maxsus kategoriyadagi bagaj (jonivorlar, sport anjomlari, og‘ir va yirik o‘lchamli bagaj) uchun me’yordan ortiq va maxsus bagaj uchun o‘rnatilgan tarif va stavka bo‘yicha pul to‘lanadi.

Maxsus toifadagi meʼyordan ortiq bagaj ogʻirligiga koʻra tashish uchun qabul qilinganda toʻlanadigan haqni hisob-kitob qilish uchun jadval

Maxsus bagaj nomi Erkin tashish me’yoriga kiradimi yoki yoʻqmi Toʻlanadigan haqni hisob-kitob qilish
Mayda hayvonlar va qushlar  Yoʻq Toʻlanadigan haqni hisob-kitob qilish uchun hayvon/qushning qafasi va ovqati bilan birgalikdagi ogʻirligi avtomatlashtirilgan sotish tizimlari (GDS) va joʻnatish boshqarmalari (DCS) tomonidan beriladigan, bagaj uchun qoʻllaniladigan tarifning ikki barobariga koʻpaytiriladi
Izoh: Koʻr va kar yoʻlovchilarni yetaklab yuruvchi itlar, bunday  yoʻlovchida tegishli tibbiy ma’lumotnoma boʻlganda bepul olib ketiladi.
Changʻi aslaha-anjomlari Yoʻq Bitta komplekt uchun 3 kg me’yordan ortiqcha bagaj sifatida haq toʻlanadi. Keyingi har bir komplekt erkin olib ketiladigan me’yor hisobiga qoʻshiladi, bu me’yodan oshganda me’yordan ortiqcha yuk sifatida amaldagi ogʻirligiga koʻra haq toʻlanadi.
Golf uchun aslaha-anjomlar Yoʻq Bitta komplekt uchun 6 kg me’yordan ortiqcha bagaj sifatida haq toʻlanadi. Agar bu komplekt 15 kg dan ogʻir boʻlsa yoki 2 va undan koʻp komplekt olib ketilayotgan boʻlsa, dastlabki 15 kg uchun 6 kg yuk singari haq toʻlanadi, qolgani erkin olib ketiladigan me’yor hisobiga qoʻshiladi, bu me’yodan oshganda me’yordan ortiqcha yuk sifatida haq toʻlanadi.
Serfing uchun aslaha-anjomlar Yoʻq Ogʻirlik bagaj uchun qoʻllaniladigan tarifga koʻpaytiriladi
Ogʻir vaznli va/yoki yirik oʻlchamli  bagaj Ha Belgilab qoʻyilgan yigʻim toʻlanadi. Agar bagaj bir vaqtning oʻzida ham ogʻir vaznli ham  yirik oʻlchamli boʻlsa ikki barobar yigʻim olinadi. Bunday bagaj ogʻirligi erkin olib oʻtiladigan me’yordan oshganida me’yordan ortiqcha bagaj uchun ham haq olinadi.
Radioelektron apparatura Ha Ogʻirlik bagaj uchun qoʻllaniladigan tarifga koʻpaytiriladi
Nogironlar oʻrindigʻi yoki nogironlar uchun boshqa moslamalar Ha
Bepul tashiladi
Nogiron maxsus oʻrindiqni yoki harakatlanishi uchun moʻljallangan boshqa moslamani bepul olib ketishi mumkin. Agar yoʻlovchi bunday ashyolarni shaxsiy ehtiyojlari uchun olib ketmayotgan boʻlsa, bunday bagaj umumiy asoslarda tashuv uchun qabul qilinadi va bepul bagaj olib ketish me’yoriga kiritiladi.

Oddiy meʼyordan ortiq bagaj joylar soniga koʻra tashish uchun qabul qilinganda toʻlanadigan haqni hisob-kitob qilish uchun jadval

Me’yordan oshish turi Olinadigan stavkalarni hisoblash
Bagaj oʻrni sonining oshishi har bir qoʻshimcha joy uchun 1 stavka
Joy oʻlchamining me’yordan ortiqchaligi
(oʻch oʻlchov yigʻindisi 160 sm dan ortiq)
me’yoriy oʻlchamlardan oshadigan har bir qoʻshimcha joy uchun 1 stavka
Bagaj oʻrni oʻgirligi me’yordan ortiq (30 kg dan koʻp) me’yoriy ogʻirlikdan oshadigan har bir qoʻshimcha joy uchun 1 stavka
Bagaj soni va oʻlchamlari me’yoridan ortiq me’yordan ortiq har bir qoʻshimcha joy uchun 1 stavka va
har bir bagaj oʻlchamlarining me’yoridan ortiqligi uchun 1 stavka
Bagaj soni va ogʻirligi me’yoridan ortiq me’yordan ortiq har bir qoʻshimcha joy uchun 1 stavka va
har bir bagaj oʻrnining ogʻirligi me’yoridan ortiqligi uchun 1 stavka
Bagaj ogʻirligi va oʻlchamlari me’yoridan ortiq har bir bagaj oʻrnining ogʻirligi me’yoridan ortiqligi uchun 1 stavka va
har bir bagaj oʻlchamlarining me’yoridan ortiqligi uchun 1 stavka
Bagaj soni, oʻlchamlari va ogʻirligi me’yoridan ortiq me’yordan ortiq har bir qoʻshimcha joy uchun 1 stavka va
har bir bagaj oʻrnining ogʻirligi me’yoridan ortiqligi uchun 1 stavka
har bir bagaj oʻlchamlarining me’yoridan ortiqligi uchun 1 stavka

Maxsus toifadagi meʼyordan ortiq bagaj joylar soniga koʻra tashish uchun qabul qilinganda stavkalarni hisob-kitob qilish uchun jadval

Maxsus bagaj nomi Bepul tashiladigan me’yoriga kiradimi yoki yoʻqmi Olinadigan stavkalar sonini hisoblash
Mayda hayvonlar va qushlar  Yoʻq Har bir joy uchun 1 stavka.
Izoh: Koʻr va kar yoʻlovchilarni yetaklab yuruvchi itlar, bunday  yoʻlovchida tegishli tibbiy ma’lumotnoma boʻlganda bepul olib ketiladi.
Changʻi aslaha-anjomlari Ha Agar bunday aslaha-anjomlari 3-bagaj oʻrni boʻlsa - 0,33 stavka  va
har bir keyingi komplekt uchun 1 stavka
Golf uchun aslaha-anjomlar Ha Agar bunday aslaha-anjomlari 3-bagaj oʻrni boʻlsa - 0,50 stavka  va
har bir keyingi komplekt uchun 1 stavka
Serfing uchun aslaha-anjomlar Yoʻq -  Oʻralgan aslaha-anjomlarning uch oʻlchov yigʻindisi 277 sm dan oshmasa
0,50 stavka  va har bir keyingi komplekt uchun 1 stavka
-  Oʻralgan aslaha-anjomlarning uch oʻlchov yigʻindisi 277 sm dan oshsa
1 stavka  va har bir keyingi komplekt uchun 1 stavka
Nogironlar oʻrindigʻi yoki nogironlar uchun boshqa qoʻshimcha moslamalar Ha
Bepul tashiladi
Nogiron maxsus oʻrindiqni yoki harakatlanishi uchun moʻljallangan boshqa moslamani bepul olib ketishi mumkin. Agar yoʻlovchi bunday ashyolarni shaxsiy ehtiyojlari uchun olib ketmayotgan boʻlsa, bunday bagaj umumiy asoslarda tashuv uchun qabul qilinadi va bepul bagaj olib ketish me’yoriga kiritiladi.

Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishida (istalgan oraliq punktlari bilan birga)

Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishida (istalgan oraliq punktlari bilan birga) xizmat ko‘rsatish klassidan qat’i nazar, tashuvlar uchun tarifning kamida 50 foizini to‘lagan yo‘lovchi bepul ikkita ro‘yxatdan o‘tgan, og‘irligi 23 kg dan,  uch o‘lcham summasi 158 smdan oshmagan yukni olib ketishi mumkin. Tashuvlar uchun tarifning 10 foizi to‘langan ikki yoshgacha bolaga uch o‘lcham summasi 115 sm dan oshmaydigan bitta bagajni va bitta bolalar yig‘iladigan kolyaskasini bepul olib ketishga ruxsat etiladi.

2018-yil 21-iyundan boshlab Toshkentdan Nyu-Yorkka borish va qaytish yoʻnalishidagi qatnovlarida quyidagi bepul bagaj tashuvi me’yorlari kiritiladi:

  • Iqtisodiy klass: 2 ta joy* ogʻirligi 23 kg dan oshmasligi kerak.
  • Biznes klass2 ta joy* ogʻirligi 32 kg dan oshmasligi kerak.

* har bir joyning gabariti uch oʻlcham  (boʻyi, eni, chuqurligi) yigʻindisi boʻyicha 158 sm.dan oshmasligi kerak.

 

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK 2018-yilning 1-martidan boshlab Toshkent-Pekin-Toshkent yoʻnalishida bagajni joylar soniga qarab qabul qilishni  (PIECE CONCEPT) boshlaydi

Shu munosabat bilan, me’yordan ortiqcha bagaj va maxsus toifadagi bagaj uchun quyidagi me’yorlar va stavkalar kiritiladi:

  • Biznes klass: 2 ta roʻyxatdan oʻtkaziladigan yuk, har birining tashqi oʻch oʻlcham (boʻyi, eni va chuqurligi) yigʻindisi 158 sm dan, ogʻirligi 32 kg dan oshmasligi kerak.
  • Iqtisodiy klass: 1 ta roʻyxatdan oʻtkaziladigan yuk, har birining tashqi oʻch oʻlcham (boʻyi, eni va chuqurligi) yigʻindisi 158 sm dan, ogʻirligi 32 kg dan oshmasligi kerak.
  • Biznes va iqtisod klassdagi 2 yoshgacha boʻlgan bolalar: 1 ta roʻyxatdan oʻtkaziladigan yuk, har birining tashqi oʻch oʻlcham (boʻyi, eni va chuqurligi) yigʻindisi 115 sm dan, ogʻirligi 10 kg dan oshmasligi kerak.
  • Toshkent-Pekin yo‘nalishida me’yordan ortiqcha bagaj va maxsus toifadagi bagaj uchun haq to‘lash stavkasi - 75 EUR, ikkinchi va undan keyingi me’yordan ortiqcha joylar uchun 2 stavka.
  • Pekin - Toshkent  yoʻnalishida me’yordan ortiqcha bagaj va maxsus toifadagi bagajga haq toʻlash stavkasi -   140 USD, ikkinchi va undan keyingi me’yordan ortiqcha joylar uchun 2 stavka.