Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Maxsus uskunalar tashuvi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Kasallarlarni tashishga mo‘ljallangan elektr dvigatelli nogironlar aravachalari va batareyalar yordamida ishlaydigan harakatlanish vositalari ro‘yxatga olingan bagaj sifatida tashuvchining ruxsati va quyida ko‘rsatilgan talablarga jiddiy rioya qilish sharti bilan tashuvga qabul qilinadi:

  • qattiq elementli elektr-batareyalar  orqali harakatlanadigan aravachalar kutilmagan qisqa tutashuvni oldini olish maqsadida batareyalari simlari uzilgan va izolyatsiya qilingan hamda aravachaga mahkam mustahkamlangan holdagina tashuvga qabul qilinadi.

Quyidagi buyumlar aniq o‘lchamlaridan qat’iy nazar uch o‘lcham summasi 158 smlik (62 dyum) bagaj o‘rindiqlari sifatida tashuvga qabul qilinadi:

  • 1 ta qopko‘rpa, o‘ralgan to‘shak yoki chodir;
  • 1 ta ryukzak/safar xalta/yelkaga osib yuradigan sumka;
  • chang‘i anjomlari to‘plami – bir juft chang‘i, bir juft chang‘i tayoqlari va bir juft chang‘i poyafzali;
  • golf uchun anjomlar to‘plami – klyushkalar va bir juft golf poyafzali solingan 1 ta golf sumkasi;
  • matoli yo‘l sumkasi yoki 22-rusumli chamadon (IATA Idetifikatsion bagaj kartasi klassifikatsiyasi bo‘yicha)
  • 1ta yig‘ilgan velosiped (bir o‘rindiqli motorsiz sayyohlik yoki poyga velosipedi)
  • suv chang‘isi anjomlari to‘plami – bir juft standart va bir juft slalomli suv chang‘ilari;
  • yig‘ilgan baliq ovlash anjomlari to‘plami – 2ta qarmoq, 1 ta g‘altak, 1 ta baliq tutish to‘ri, bir juft baliq ovlash etigi hamda asboblar uchun bitta quti;
  • uzinligi 100 sm dan ortiq bo‘lmagan musiqa asbobi.
Og'ir vaznli va yirik gabaritli bagaj tashuvi

inventory

Gabaritsiz va og’ir vaznli bagaj quyidagilardan iborat:

  • vazn bo‘yicha bagajni tashuvga qabul qilish - uch o‘lcham summasi 160 sm va og‘irligi 30 kg dan ortiq bo‘lgan bagaj joyi;
  • joy soni bo‘yicha bagajni tashuvga qabul qilish - uch o‘lcham summasi 158 sm va og‘irligi 32 kg dan ortiq bo‘lgan bagaj joyi;

O‘rnatigan gabarit me’yorlaridan ortiq, uch o‘lcham summasi 203 sm ga teng va og‘irligi 45 kg dan ortiq bo‘lgan bagaj joyi faqat yuk sifatida qabul qilinadi.

Gabaritsiz va og‘ir vaznli bagaj faqat tashuvchi bilan kelishilgan holda, tashuvchi tomonidan o‘rnatilgan me’yordan ortiq bagaj va og‘ir vaznli va yirik gabaritli bagaj uchun yig‘inlarga muvofiq to‘lovlarni amalga oshirish sharti bilan tashuvga qabul qilinadi.

Agar yo‘lovchi tashuvga bitta bagajni ro‘yxatga olishga taqdim etgan bo‘lsa va bu bagaj gabariti va/yoki og‘irligi og‘ir vaznli va yirik gabaritli bagaj deb topilsa, unda yo‘lovchiga yukini bepul olib o‘tishi uchun klassi bo‘yicha o‘rnatilgan tashuv me’yoriga ruxsat beriladi. Bundan tashqari yo‘lovchi og‘ir vaznli va yirik gabaritli bagaj uchun o‘rnatilgan qo‘shimcha yig‘inlarni to‘lashi shart (og‘irligi yoki joylar soni bo‘yicha).

Og‘ir vaznli va/yoki yirik gabaritli bagajlar tashuvi uchun  to‘lovlar quyidagi qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • og‘ir vaznli va yirik gabaritli bagajlarni tashish uchun o‘rnatilgan yig‘inlar alohida gabarit va og‘irligi aviakompaniya o‘rnatgan qoidalardan ortiq har bir joy uchun olinadi;
  • agar bagaj joyi bir vaqtning o‘zida og‘ir vaznli va yirik gabaritli bo‘lsa, uni tashish uchun yig‘in ikki hissa qilib olinadi.