Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Maftunkor va betakror O‘zbekistonga sayohat

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

UzbMarkaziy Osiyo durdonasi bo‘lmish, O‘zbekiston mintaqaning markazida joylashgan bo‘lib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston davlatlari bilan chegaradosh. Ko‘p asrlar davomida bu zaminda Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan. O‘zbekiston bugungi kundagi yangi shart – sharoitlarda Yevroosiyoning shimoli va janubidagi xalqlar hamda davlatlarni bir-biriga bog‘lovchi qayta tiklanayotgan, katta yo‘lning asosiy bo‘g‘iniga aylanmoqda.

 

UzbMamlakatimizning 448,9 ming kvadrat kilometrga teng bo‘lgan hududida olamning turfa ranglari mujassam – bu yerda Chimyon tog‘larining oppoq qorli cho‘qqilarini ham Qizilqumning olov rang qumlarini ham ko‘rish mumkin. Landshaft nuqtai nazaridan O‘zbekiston uch qismga bo‘linadi: sharqda va janubiy sharqda tog‘lar va tog‘oldi hududi, g‘arbda cho‘l va yarim cho‘l hududlari, janubiy g‘arb va shimoliy g‘arbda tekisliklar bor. Tabiiy shart – sharoitlarning o‘ziga xos xususiyatlari yorug‘lik va issiqlikning mo‘l-ko‘lligi quyoshning yil davomida ko‘p vaqt tik kelishi bilan izohlanadi. O‘zbekistonda 31 million aholi istiqomat qiladi. Har bir kvadrat kilometrga 58,1 kishi to‘g‘ri keladi. Demografik vaziyatning o‘ziga xosligi aholining asosan vohalarda, joylarda 1kv.km da 600 kishigacha yetadi, istiqomat qilishida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilayotgan mamlakatimiz xalqining asosiy xususiyatlari bu yerda qaror topgan tinchlik va hamjihatlik timsolida o‘z ifodasini topmoqda.

Uzb1991-yilning 31-avgustida Prezident Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi mamlakatimizning yangi tarixidagi eng muhim voqea bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat va poytaxt Toshkent shahri kiradi. O‘tgan yillar davomida Samarqandda qadim ustalar tomonidan bunyod etilgan Shohi Zinda, Registon tarixiy yodgorliklari, Amir Temur maqbarasi va Oqsaroyni tiklash hamda ta’mirlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlari amalga oshirildi. Shahrisabzdagi Gumbazi Sayidon va Dorussaodat yodgorliklari, Xivadagi Ichan qal’a, shuningdek, Buxorodagi Masjidi Kalon, Bahouddin Naqshband va Chor Bakir kabi o‘nlab majmualar tubdan restavratsiya qilindi. Bugungi kunda butun danyodan minglab sayyohlar ushbu obidalarning betakror go‘zalligidan bahramand bo‘lish maqsadida yurtimizga tashrif buyurmoqda.