Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

“Ketring” MChj

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

“Ketring” MChj – “Uzbekistan airways” AJning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, aviakompaniya qatnovlari yo‘lovchilarini eng mazali, sifatli sahn taomlari bilan ta’minlaydi.eda

Korxona zamonaviy, ixtisoslashgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan, uning texnologik jihozlanganligi –ixtisoslashgan, shu jumladan turli ovqatlarni zudlik bilan tayyorlash imkonini beradigan, kompyuterlashgan 150 birlikdagi asbob-uskunalardan iborat. Texnologik jarayonlarga «Gabriel», «SITA», AFTN xalqaro tizimlari tadbiq etilgan, buning natijasida qisqa muddatlarda yo‘lovchilarning buyurtmalari to‘g‘risida axborotlar qabul qilinadi.

Korxona quvvatlari nafaqat “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJning, balki “Toshkent” aeroportiga qo‘nadigan xorijiy aviakompaniyalarning qatnovlarini ham minglab porsiyadagi tayyorlangan sahn taomlari, issiq va yaxna ovqatlar, turli-tuman ichimliklar va mevalar bilan ta’minlash imkonini beradi. “Ketring” davlat unitar korxonasida tayyorlanadigan 300 dan ortiq nomdagi sahn taomlari “Global test” muvofiqlik sertifikatiga ega. Bugungi kunda korxonada chuqur muzlatish yo‘li bilan tayyorlangan taomlarni taqdim etish imkoniyati bor. Muzlatish qaytish yo‘nalishida ham qatnovlarni ta’minlash uchun mahsulotlarning yaroqlilik muddatini uzaytirishning eng yaxshi tabiiy usuli hisoblanadi.

Yo‘lovchilar uchun taomlar ratsioni “Ketring” mutaxasissislari tomonidan xalqaro texnologik standartlarga muvofiq ishlab chiqiladi. Taomlarni tayyorlashda foydalaniladigan barcha mahsulotlar xalqaro standartlarga va me’yorlarga muvofiqligi yuzasidan sinchiklab tekshiruvdan o‘tkaziladi. Ularni tayyorlashda yo‘lovchining mintaliteti, uning qanday taomlar iste’mol etishi hisobga olinadi. Yo‘lovchilarga mol go‘shti, baliq va tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomlar taklif etiladi. Quruq mevalar, ko‘katlar va sabzavotlarning mo‘lligi o‘zbek taomlariga sharqona tarovat baxsh etadi. Faqatgina “Uzbekistan Airways” AJning qatnovlaridagina korxona oshxonalarida tayyorlangan o‘zbek somsasini tatib ko‘rish mumkin.

Korxonada har hafta Sifat kuni o‘tkaziladi- yetakchi mutaxassislar yangi taomlar ratsionlarini ko‘rib chiqishadi, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishadi, o‘z takliflarini kiritishib, tajriba almashishadi.

Taomlar mazasi va ko‘rinishi mijozlarning maqtovlariga sazovor bo‘lmoqda, O‘zbekiston aviakompaniyasi Travel.ru tomonidan o‘tkazilgan eng mazali sahn taomlari taqdim etadigan dunyo aviakompaniyalari reytingidan joy olganligi ham buning tasdig‘idir. Bunga korxonaning “Biz uchun har bir yo‘lovchi muhim” shioriga rioya etish orqali erishilmoqda.

Sahn yeguliklari parvozdan olinadigan taassurotlarning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi va unga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Bugungi kunda “Ketring” DUK mutaxassislari bunday yuksak talablarga javob berish uchun butun kuchlarini ishga solishadi va dunyoning istalgan nuqtasidagi yo‘lovchilarning eng nozik ta’bini qondirishga ham tayyordirlar.

Aloqalar:

Manzil: 100128, O’zbekiston, Таshkent shahri., Sergeli tumani, “Toshkent” xalqaro aeroporti” MCHJ “KETRING”

Direktor - A. Madjitov

Tel: +998 78 140-45-00.

Fuqarolarni qabul qilish vaqti: Dushanba - Juma 12:30 - 14:00

cert

cert

cert

cert