Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Bobur hayoti va ijodi haqida 8 ta ajoyib fakt

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Zahiriddin Boburning (1483-1530) tarjimayi holi juda qiziqarlidir. Bu iste’dodli inson 47 yillik umri davomida tarix va adabiyotda ulkan iz qoldirgan. Uning hayoti va faoliyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bizning maqolamizda keltiriladi.

https://uzbekistan.travel/storage/app/media/nargiza/cropped-images/babur3-0-0-0-0-1585821875.jpg

1-fakt. Bobur - "Yo‘lbars"

To‘liq ismi - Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobur degan nom "yo‘lbars" yoki "sher" degan ma’noni anglatib, jangdagi jasorati uchun berilgan edi. U harbiy jasorat va zehnga ega iqtidorli harbiy rahbar edi.

2-fakt. Yorqin shoirlik iste’dodi

Bugungi kun yoshlari Boburning lirik asarlarini deyarli o‘qimaydilar, bu esa mutlaqo noto‘g‘ridir. Uning lirikasi  insonning go‘zalligi va muhabbati haqidagi qo‘shiqdir. U o‘z asarlarida chin, halol, vafodor insonni ulug‘laydi. Adolatli va munosib odamni yuksaltiradi.

U o‘z his-tuyg‘ularini shunday nozik va nafislik tasvirlab beradiki, uning muhabbat satrlarini o‘qib, insonda ushbu dahoning g‘oyat chuqur va hissiy tabiati haqida tushuncha shakllanadi.

Har yerdaki gul bo‘lsa, tikon bo‘lsa, ne tong?!

Har qandaki may durdidan bo‘lsa, ne tong?!

She’rimda agar xazl, agar jid, kechurung,

Yaxshi borida agar yomon bo‘lsa, ne tong?!

3-fakt. Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasining asoschisi

Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi Bobur boshchilidagi hukmron sinf Hindistonga kirib borganda uning tomonidan tashkil etilgan. Imperiya 16-asrning o‘rtalaridan 18-asr o‘rtalariga qadar ancha vaqt mavjud bo'lib, hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg‘onistonning janubi-sharqiy hududlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shunisi e‘tiborga loyiqki, na Bobur, na Imperiya avlodlari o‘zlarini bunday deb nomlashgan. Bu nom ingliz mustamlakachilari tomonidan berilgan. Shimoliy  Hindiston va Markaziy Osiyodagi musulmon aholini shunday atashgan.

https://uzbekistan.travel/storage/app/media/nargiza/cropped-images/babur-0-0-0-0-1585822751.png

4-fakt. Tojmahalga bevosita aloqador

Hindistonning mashhur ramzi – Tojmahal masjid-maqbarasi XVII asrda Boburning nabirasi Shohjahon tomonidan qurilgan. Ushbu ulug‘vor yodgorlikni Boburiylar sulolasining avlodi qurgani, u shunday inshoot qurilishi orqali o‘z nomini abadiylashtirgani haqida kamdan-kam odam biladi.

5-fakt. "Boburnoma" bebaho adabiy yodgorligi

"Boburnoma" – Boburning tarixiy asaridir. Asar haqli ravishda "turkiy nasrning eng yaxshi asari" deb nomlangan. Ushbu kitob tarixiy yozuvlarning qisqa ma’lumoti emas. Asarda Boburning faoliyati, uning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari, boy sarguzasht hayotining barcha voqealari tasvirlangan. Bugungi kunga qadar "Boburnoma" dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan.

6-fakt: Alisher Navoiy bilan yozishmalar olib borgan

Bobur o‘z davrining taniqli shoir va yozuvchilari bilan xat va she’rlar almashgan. Bir kuni u buyuk Alisher Navoiyga she’rlarini yubordi va uning ijodi haqidagi ma’qullagan sharhlarini oldi. Keyinchalik "Boburnoma"da Bobur Alisher Navoiyni tengi yo‘q shaxs sifatida tilga olib, uni ilm va san’at odamlarining homiysi deb ataydi.

https://uzbekistan.travel/storage/app/media/nargiza/cropped-images/Taj%20Mahal-0-0-0-0-1585822849.jpg

7-fakt. Gulbadanbegim – Boburning qizi

Gulbadanbegim – Boburning kenja qizi va Islom sharqidagi yagona tarixchi ayol. "Humoyunnoma" asarida o‘z davrining tarixiga oid muhim materiallar, shuningdek, taniqli otasining xotiralari aks ettirilgan.

8-fakt. Andijondagi yodgorlik va Toshkentdagi bog‘

Bobur Andijonda tug‘ilib o‘sgan, shuning uchun bu yerda uning nomi bilan ko‘p narsa bog‘langan. Bu yerda Bobur nomidagi maydon bor, unda baland postamentda qizil granit haykal o‘rnatilgan. Shuningdek, shaharda Bobur kutubxonasi va Milliy bog'ga tashrif buyurish mumkin.

https://uzbekistan.travel/storage/app/media/nargiza/cropped-images/pamyatnik%20babura-0-0-0-0-1585822628.jpg

Toshkentda "Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i" bor. "Yashil" bog‘da sayr qilish, stol tennisi o‘ynash, qahvaxonada o‘tirish, qayiqda suzish va shunchaki kapalak shaklidagi ko‘ldan zavqlanish mumkin.