Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Abdurauf Fitrat (1886-1938)

altAbdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat 1886-yil Buxoroda ziyoli oilasida tug‘ildi.O’smirlik yillari u Mijmar («cho‘g‘don») taxallusi bilan, so‘ngra Fitrat («tug‘ma iste’dod») taxallusi bilan ijod qildi. 1909-1913-yillarda esa, adib Turkiyada, Istanbul dorilfununida tahsil oladi. U yerda zamondoshlari bilan birgalikda «Buxoro ta’limi (umumiy) maorif jamiyati»ni tuzadi.

Fitrat 1919-20-yillarda Afg‘oniston hukumatining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimon, «Turon», «Buxoroi sharif», «Oina» kabi ko‘pgina gazeta va jurnallarni tashkil etishda bosh - qosh bo‘ldi, Turkistonda til, adabiyot, san’at masalalari bilan ilk bor tashkiliy ravishda shug‘ullangan «Chig‘atoy gurungi» tashkilotiga rahbarlik qildi, Buxoro xalq Respublikasining bir qator rahbar lavozimlarida ishladi. Buxoro amiriga berilgan ultimatum ham uning qalami bilan yozildi.
1923-1924-yillarda Fitrat ma’lum muddat Leningradda, so‘ngra Moskvada yashadi. Unga o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib professor ilmiy unvoni berildi. Adib ilk aspirantlarga rahbarlik qildi, Buxoroda musiqa maktabi ochdi.

Fitratning «Muxtasar islom tarixi» (1915), «Ro‘zalar», «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Qiyomat» kabi asarlari diniy mavzuda yozilgan. Qomusiy bilim va badiiy iste’dod egasi bo‘lgan Fitrat 1938-yil 4-oktyabrda otib tashlangan.