В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

“O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!”

Поделиться в социальных сетях

alt

Ona tilimiz tarixi, bugungi kundagi rivoji haqida gapirar ekanmiz – Til - milliy qadriyatlarni birlashtirib namoyon etib turuvchi eng mustahkam zanjir, boy va cheksiz ma’naviy xazina ekanligiga yana bir bora amin bo‘lamiz. 21-oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda “Uzbekistan Airways” AJ va tarkibiy bo‘linmalari rahbariyati, xodimlari, O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmasi RK rahbarlari, Toshkent aviatsiya transport prokurori Sherzod Mamajonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, atoqli shoir G‘ayrat Majid, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli shoir Salim Ashurov, O‘zbekiston Oliy sudining “Kuch – adolatda” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib Shodiqul Hamroyevlar ishtirok etdilar.

alt

Tadbir mehmonlari barcha ishtirokchilarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, buyuk qadriyatimiz, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimizning milliy o‘zligi va mustaqil davlatimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz ekanligini alohida ta’kidladilar. Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning, nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.

alt