Tanlov mazmuni: Quyidagi shartnomalar bo‘yicha ««Uzbekistan Helicopters» MChJ ma’muriy binosi» ob’yekti bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlarining aniq bajarilgan hajmi qiymatini aniqlash va nazoratli o‘lchov borasida xizmatlarni ko‘rsatish.
t.r. |
Shartnoma raqami |
Shartnoma mazmuni |
Bajaruvchi |
Shartnomaning umumiy summasi (so‘m) |
|
2019-yil 15.04.dan Д-П 1/4-sonli |
«MAI» AK TFUB (ЗРЭМ) binosini kuchaytirish |
«ART BUILDING GROUP» MChJ |
93 800 000,00 |
|
2020-yil 21.01.dan 11/1-sonli |
Ma’muriy binoni ta’mirlash |
«PROFESSIONAL CONSTRUCTION» MChJ |
1 790 853 778,00 |
To‘lov shartlari: shartnoma imzolangan paytdan boshlab 15 bank kuni davomida shartnoma summasidan 15% oldindan to‘lov, qolgan 85% - bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangandan so‘ng 15 bank kuni davomida.
Ishlarni bajarish muddati: 10 kundan oshmay.
Tanlovda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ishlarni bajarish huquqiga muvofiq guvohnomalar va litsenziyalarga ega bo‘lgan ixtiyoriy tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.
Тanlov takliflarida xizmatlarni ko‘rsatish muddati, shartlari va qiymati ko‘rsatilishi zarur.
Тanlovda qarzini to‘lay olmayotgan, faoliyati tugatilayotgan yoki qayta tuzilish bosqichidagi, belgilangan muddatlarda barcha zarur hujjatlarni taqdim eta olmagan, avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avval qabul qilingan majburiyatlarni tegishliligicha bajara olmagan, buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo‘lgan tashkilotlar va firmalarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Тanlov takliflari quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
O‘zbekiston - 100167, Toshkent shahri Qumariq ko‘chasi, Aeroport.
«Uzbekistan Helicopters» MChJ direktori v.v.b. A.F.Safiullinga
e-mail: helicopters@uzairways.com.
Tanlov takliflarini qabul qilish muddati uzaytiriladi: 2021-yil 07.05. soat 17.00.gacha.
Тanlov takliflari pochta, faks, electron pochta orqali qabul qilinadi.
Тanlov ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumotlarni +99871 2155664 (faks), +99890 9845734 telefonlari orqali olishi mumkin.