Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Zomin shahri aeroportining tantanali ochilishi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Bugun, 2023-yil 1-sentabr kuni Uzbekistan Airways Jizzax viloyatining Zomin shahriga aviaqatnovlar rasman ochilganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi. Milliy aviakompaniya obytekt qurilishini 27-iyulda boshladi va 1-sentabrda asosiy qurilish ishlarini yakunladi.

Aeroport majmuasi uzunligi 1200 metr bo‘lgan asfalt uchish-qo‘nish yo‘lagi, ikkita samolyot turishi uchun joy, boshqaruv minorasi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aeroport binosi bilan jihozlangan bo‘lib, u yerda yer usti xizmatlari joylashgan bo‘lib, katta zal yo‘lovchilarga parvozlarni bemalol kutish imkoniyatini beradi. Shuningdek, avtomobillar uchun to‘xtash zonasi yaratilishi ham nazarda tutilgan, kelajakda esa vertolyot maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan.

alt

Uzbekistan Airways flotida LET L-410 rusumidagi havo kemalari mavjudligi bois, UzAviatsiya agentligi tomonidan ruxsat taqdim etish ishlari yakuniga yetganidan va IATA kodi olingandan so‘ng aviakompaniya yaqin kelajakda Zominga muntazam reyslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Shahrisabz, Zarafshon, Sariosiyo va So‘x kabi shaharlarga parvozlar yo‘lga qo‘yilishi ham ko‘rib chiqilmoqda.

alt

Bugungi kunda Zomin shahri aeroporti O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, milliy aviakompaniya rahbariyati, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan ikkita Uzbekistan Airways LET L-410 havo kemalarini qabul qildi. Samolyotlar 15 daqiqa farq bilan muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi. Mehmonlar karnay surnay sadolari ostida aeroport majmuasini tantanali ravishda ochib, shuningdek, ko‘ngilochar dastur boshlanishiga start berdilar. 

alt

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31-avgust kuni Uzbekistan Airways tuproq yerli aerodrom yo‘nalishlariga parvozlarni amalga oshirish uchun 19 nafargacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan ikkinchi LET L-410 qabul qilib oldi. Bu esa milliy aviatashuvchiga O‘zbekiston Respublikasi ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar geografiyasini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi.

alt

Download PDF