Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlar: Toshkent – Batumi – Toshkent

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Gruziya hududlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish uchun yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishni davom etmoqda.

2022-yil 21-maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Batumi – Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi.

Toshkentdan kurort shahriga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

chorshanba kunlari:

Toshkentdan uchish: 14:30

Batumiga qo‘nish: 17:15

Batumidan uchish: 18:45

Toshkentga qo‘nish: 23:00

shanba kunlari:

Toshkentdan uchish: 06:35

Batumiga qo‘nish: 09:20

Batumidan uchish: 10:50

Toshkentga qo‘nish: 15:05

Muhim: Gruziyaga kirish uchun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etishingiz kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoshdagi yo‘lovchilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari kerak (amal qilish muddati 72 soat). Test oldindan tasdiqlanishi va https://registration.gov.ge/pub/form/8_protocol_for_arrivals_in_georgia/tk6157/ havolasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

Toshkent – Batumi yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 2 386 569 so‘mdan (bagajsiz) va 2 746 353 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Batumi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 4 070 059 so‘mdan (bagajsiz) va 4 621 728 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Narxlar 27.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Toshkentdan Batumiga aviaqatnovlar uchun aviachiptalarni www.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil oʻrtalaridan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Tbilisi – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda.

Download PDF