Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways ikkinchi LET L-410 samolyotini kutib oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Bugun, 31-avgust kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida ikkinchi LET L-410 havo kemasini tantanali tarzda kutib oldi.

alt

LET L-410 samolyoti ishlab chiqaruvchi zavodiga qabul qilinib, parvoz xususiyatlarini tekshirilgandan so‘ng Kunovitse shahridan Toshkentga qarab yo‘l oldi. Bolgariya, Turkiya, Armaniston, Ozarbayjon va Turkmanistonda yonilg‘i quyish uchun to‘xtab o‘tib, u o‘z manziliga muvaffaqiyatli yetib keldi. Havo kemasi Toshkentdan O‘zbekiston Respublikasining turli shaharlariga parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan va o‘z ichiga 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi.

alt

Ushbu turdagi havo kemasi ishonchliligi, xavfsizligi va ekstremal iqlim sharoitida ishlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Ushbu turdagi samolyotlar besh qit’aning 60 dan ortiq mamlakatlarida foydalaniladi. LET L-410 qisqa masofalarga yo‘lovchilar va yuklarni havoda tashish uchun ideal texnik hamda eng yaxshi iqtisodiy yechimdir. Ular qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklariga, shu jumladan tuproqli yerga qo‘nishi mumkin.  

alt

“Eng ulug‘ ayyom hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni arafasida mamlakatimizning yanada ko‘proq shaharlarini havo orqali bog‘lash imkonini beradigan yana bir havo kemasini kutib olganimizdan juda xursandmiz!” – deydi Shuxrat Xudaykulov, “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi.

alt

LET L-410 rusumli ikkita samolyot barcha aerodrom operatsiyalari tugagandan so‘ng Zomin, Zarafshon, Shahrisabz va So‘x kabi shaharlarga parvozlarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu havo kemalari qisqa ichki yo‘nalishlarda ham foydalaniladi.

Havo kemasi haqida ma’lumot:

L-410 UVP-E20 – qisqartirilgan uchish-qo‘nish yo‘lagidan uchish va qo‘nish uchun mo‘ljallangan ikki dvigatelli qisqa masofali transport samolyoti. Ekstremal ob-havo sharoitida (-50 °C dan +50 °C gacha) ekspluatatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. 19 ta yo‘lovchi o‘rindiqlari va moslashuvchan konfiguratsiyaga ega bo‘lib, unda yuk bo‘linmasini jihozlash mumkin.

  • Maksimal kreyser tezligi soatiga – 405 km.
  • Maksimal parvoz masofasi – 1 500 km.
  • Maksimal parvoz davomiyligi – 5 soat 10 daqiqa.
  • Maksimal parvoz ekspluatatsiya balandligi – 4 200 m.
  • Uchish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 510 m.
  • Qo‘nish uchun kerak bo‘ladigan masofa – 500 m.

Bortdagi elektron uskunalar Garmin GPS zamonaviy kommunikatsiya va navigatsiya tizimlari, xavfli yaqinlashishni oldini olish uchun takomillashtirilgan tizim bilan jihozlangan. 

Download PDF