“Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalariga ega boʻlgan Yagona aksiyadori – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi qaroriga koʻra “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi o‘rinbosarlari tayinlandi:
• Sattarov Alisher Abduvoxobovich uch yil muddatga “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisining transformatsiya, moliyaviy va raqamlashtirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
• Ikramov Shaxzod Ilyasovich uch yil muddatga “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisining parvoz ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻrinbosari
• Yadgarov Shuxratillo Shavkatovich uch yil muddatga “Uzbekistan Airways“ AJ Boshqaruv raisining tijorat va turizm boʻyicha oʻrinbosari