31-mart kuni Toshkent xalqaro aeroportida Toshkent – Rim – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys yo‘lovchilarini tantanali ravishda kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ro‘yxatdan o‘tish ustunlari an’anaga ko‘ra O'zbekiston va Italiya davlatlari bayrog'i ranglari bilan bezatildi.
Eslatib o‘tamiz, pandemiya davrida Toshkentdan Rimga muntazam aviaqatnovlar to‘xtatilgan edi, biroq bu yil ular mavsumiy parvozlar asosida tiklandi va endi har yakshanba amalga oshiriladi.