Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyoti Pekindan yo'lovchilar bilan bugun mahalliy vaqt 17:05 da Toshkent aeroportiga yetib keladi. Samolyotda 250 nafar yo'lovchilar, ekipaj a'zolari, shuningdek tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.
Oldin xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo'lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.
Yo'lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo'lishiga oid savol uchun O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling:
+998 (71) 276-49-66