O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu – uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya’ni xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
1989-yil 21-oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan.
Ulug‘ mutafakkir shoirimiz hazrat Alisher Navoiyning o‘zbek xalqi ma’naviy dunyosi, tilining shakllanib rivoj topishida xizmatlari katta bo‘lgan.
Navoiyning asarlari orqali ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.
Bugun bizda ham chet tillarini o‘rganishga zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga o‘z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonda garchi davlat tili sifatida o‘zbek tili ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, boshqa millatlarning nafaqat tili, balki urf-odatlari ham alohida hurmat qilinadi.
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, o‘z tilini hurmat qilgan boshqalarning ona tiliga ham chuqur hurmat bilan qaraydi.
E’zoza Ismatullayeva, "Uzbekistan Airways" AJ bortkuzatuvchisi