Huquqiy ekspertiza bo‘limi yuriskonsulti
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yuridik boshqarma, Huquqiy ekspertiza bo‘limi
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Oliy yuridik ma’lumot
- Sud va huquq sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
- Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- Ishonchli kompyuter ko‘nikmalari;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining fundamental bilimlari;
- Kuchli og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari va rasmiy yozishmalar ko‘nikmalari;
- Ingliz tilini bilish sertifikati: maqbul hisoblanadi
Vazifalari:
- O‘zbekiston Respubikasi qonunchiligida va AJning ichki me’yoriy hujjatlarida belgilangan shartnomalar, kontraktlar va kelishuvlarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibiga rioya etilishini ta’minlashi;
- Bo‘limga taqdim etilgan shartnomalar, kontraktlar, kelishuvlar va huquqiy hujjatlarni ekspertizadan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishi, qonunchilikka muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar tayyorlashi va imzolashi;
- Shartnomaviy-huquqiy munosabatlami amalga oshirishda AJ tarkibiy bo'linmalari va korxonalariga maslahatlar berishi va amaliy yordam ko‘rsatishi;
- Huquqiy шasalalarni ko'rib chiqishda sud va boshqa davlat organlarida belgilangan tartibda AJ manfaatlarini himoya qilishi;
- Xodimlarga amaldagi qonunchilik to‘g‘risida ma’lumot berishi, un qo‘llash amaliyotini tushuntirishi;
- Ekspertizaga yoki davlat organi bilan kelishishga taqdim etilgan qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazishi, ularning O‘zbekiston Respubikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, qonun texnikasi qoidalariga muvofiqligi, havola normalarini qo'llash asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlashi;
- AJ faoliyatida qonun buzilishlari aniqlanganda ularni bartaraf etish va oldini olish bo'yicha zarur choralarni ko‘rish uchun bu haqda boshlig‘iga xabar berishi;
- Tarkibiy bo‘linmalarda o‘tkaziladigan tekshiruvlarni o‘tkazishda ishtirok etishi;
- Xodimlarga ularning murojaatlariga ko‘ra huquqiy hujjatlarni qidirishda yordam ko‘rsatishi, zarur hollarda ularning qoidalarini tushuntirishi;
- Lavozim vazifalarini bajarish hajmida davlat va ingliz tillarini bilishi, shuningdek, kompyuterdan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ish bilan ta’minlash;
- 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
- O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
- Sinov muddati: 3 oy
Asosiy ko‘nikmalar:
- O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
- Rus tili – C2 – mukammal daraja
- Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini bilish
- Huquqiy ekspertiza o‘tkazish
- Shartnomaviy va huquqiy munosabatlarni amalga oshirish.
- Qonunbuzarliklarni bartaraf etish.
- Stressga bardoshlilik, mehnatsevarlik
Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:
Sultanova.Nilufar@uzairways.com