“Uzbekistan Airways” AJ jamoasiga malakali muhandislarni taklif qiladi!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Lavozim: Muhandis
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
- oliy aviatsiya-texnik ma’lumot;
- shaxsiy kompyuterdan erkin foydalanish ko‘nikmasi;
- o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish;
- aviatsiya sohasida ish tajribasi (muhandislik yo‘nalishlarida kamida 1 yil ishlagan bo‘lishi maqsadga muvofiq);
- mas’uliyatlilik, diqqat-e’tibor va jamoada ishlash qobiliyati.
Asosiy vazifalar:
- Havo kemalaridan xalqaro va ichki standartlarga muvofiq texnik foydalanishni tashkil etish;
- Flotning ishonchliligini nazorat qilish va ta’minlash;
- Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlarini ishlab chiqish;
- Texnik va parvoz ekspluatatsiyasiga oid muhandislik ishlarini bajarish;
- Havo kemalari ishonchliligi va parvozlar xavfsizligini oshirish;
- Texnik xizmat xarajatlarini optimallashtirish va iqtisodiy samaradorlikni kuchaytirish;
- Yangi havo kemalarini qabul qilishda texnik parametrlarni nazorat qilish.
Ish sharoitlari:
- rasmiy ishga joylashish;
- raqobatbardosh ish haqi;
- kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati.
Telefon: (78) 140-45-82
e-mail: Nigora.Batirova@uzairways.com