Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Rezyumeni to‘ldirishga oid tavsiyalar

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Hurmatli bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga talabgorlar (nomzodlar)!

“Uzbekistan Airways” AJ avikompaniyasida ishlash istagida bo‘lgan talabgorlarni bo‘sh ish o‘rinlariga loyiqligini ko‘rib chiqish tanlovning dastlabki bosqichida ular o‘zlari taqdim etgan rezyume asosida amalga oshiriladi.

Ba’zi talabgorlar rezyume o‘rniga ma’lumotnoma-obyektivka yoki anketa taqdim etib, “rezyume taqdim etdim” deb hisoblashadi. Afsuski, na ma’lumotnoma-obyektivka va na anketa (alohida kasblar uchun to‘ldiriladigan anketalardan tashqari) kadrlar xizmati xodimlari va boshqa mutaxassislarga ushbu talabgorning vakant ish o‘rni talablariga mosligini (loyiqligini) tekshirish imkonini bermaydi.

Shu munosabat bilan, ish beruvchiga ishga joylashish masalasida murojaat qilganda aynan reyume taqdim etishni qat’iyan tavsiya etamiz.

Rezyumeni to‘ldirayotganda quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni tavsiya etamiz:

1) ”Uzbekistan Airways” AJ avikompaniyasi namunasidagi rezyume shaklini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: rezyumeni yuklab olish.

2) “Uzbekistan Airways” AJ avikompaniyasi namunasidagi rezyumeni to‘ldirishdan avval rezyumening to‘ldirilmagan (bo‘sh) blankasi bilan, unda qanday bandlar borligi, nimalar haqida ma’lumot to‘ldirish kerakligi, unda qanday shartlar va tavsiyalar berilganligi, uni to‘ldirish uchun qanday hujjatlarni oldindan tayyorlab olish lozimligi bilan tanishib chiqing.

3) Rezyumeni to‘ldirishda matn redaktori (Microsoft Office Word) yordamidan foydalaning, qo‘l yozuvida yozmang. To‘ldirilgan rezyumeni (*.doc(x) yoki *.pdf) formatida saqlang.

4) Qisqartmalar va abbreviaturalardan foydalanmang! Barchaga ma’lum qisqartmalar va abbreviaturalardan tashqari, faqatgina talabgorning o‘zigagina ma’lum bo‘lgan va faqat o‘zigina biladigan “maxsus”lari ham bor. Katta ehtimol bilan, ushbu maxsus qisqartmalarni o‘qiganda kardlar xizmati xodimlari va boshqa mutaxassislar ularning nima ma’noni anglatishini tushunmasliklari mumkin. Shu munosabat bilan, ulardan foydalanish tavsiya etilmaydi, negaki ular talabgorning malakalarini baholashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

5) Rezyumeda faqatgina rost va haqiqatga mos ma’lumotlarni ko‘rsating. Siz taqdim etgan har qanday ma’lumot (axborot) mutaxassislar tomonidan o‘qiladi, tahlil qilinadi va tekshirilishi mumkin. Ma’lumot yolg‘onligi aniqlanganda talabgor ish beruvchining ishonchini yo‘qotadi va u bilan keyingi aloqalar (munosabatlar) to‘xtatiladi.

6) O‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘g‘ri ko‘rsating: F.I.O., tug‘ilgan sanangiz, tug‘ilgan joyingiz, jinsingiz, oilaviy ahvolingiz, fuqaroligingiz, millatingiz, telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz, xohishingizga ko‘ra yashash va ro‘yxatdan o‘tgan aniq manzilingiz.

7) Xohlayotgan lavozimingiz va oylik maoshni ko‘rsating: qaysi lavozim (kasb)ga talabgorlik qilayotganingizni, qancha oylik maosh xohlayotganingizni, bandlik shaklini, ish grafigini, ish rejimini ko‘rsating.

8) Ma’lumotingizni ko‘rsating: qayerda o‘qigansiz (ta’lim muassasasining nomini), qaysi shaharda va qaysi mamlakatda joylashganligini, qachondan qachongacha o‘qiganingizni (kk.oo.yyyy shaklida ...dan ...gacha), qanday mutaxassislikka ega bo‘lganingizni (diplom bo‘yicha), qaysi ta’lim darajasini (bakalavr, magistr, mutaxassislik va sh.k.) tamomlaganingizni, qanday shaklda (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy va sh.k.) ta’lim olganingizni ko‘rsating.

9) Ish tajribangizni (mehnat faoliyatingizni) ko‘rsating: mehnat daftarchangizdan foydalaning, yodingizda boricha, esda qolganicha yozmang. Ish tajribangizni o‘sish tartibida yozing (avvalgisidan boshlab oxirgisigacha). Agar avval ishlamagan bo‘lsangiz, “Ish tajribasiga (mehnat faoliyatiga) ega emasman” deb yozishingiz mumkin. Agar norasman ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan korxonangizni ko‘rsatgandan keyin qavs ichiga “Norasman” deb yozib qo‘ying. Qaysi tashkilotlarda (korxonalarda va h.k.) ishlaganingizni ko‘rsating, qachondan qachongacha ishlaganingizni (kk.oo.yyyy shaklida ...dan ...gacha), u tashkilotlar qanday faoliyat bilan shug‘ullanganini, qaysi bo‘limlarda ishlaganingizni, qaysi lavozimlarda faoliyat olib borganingizni, qanday lavozim vazifalarini bajarganligingizni, qanday yutuq va muvaffaqiyatlarga erishganingizni ko‘rsating.

10) Qo‘shimcha ma’lumotingizni ko‘rsating (kurslar, treninglar, malaka oshirish, stajirovka, qayta tayyorlash): agar biror kurslarda yoki treninglarda va sh.k.larda ta’lim olgan bo‘lsangiz, qayerda o‘qiganingizni (ta’lim muassasasining nomini), qaysi shaharda va mamlakatda joylashganligini, qachondan qachongacha o‘qiganingizni (kk.oo.yyyy shaklida ...dan ...gacha), ta’lim kursi yoki yo‘nalishi nomini, tamomlaganda qanday mutaxassislikka ega bo‘lganingizni (diplom/sertifikat bo‘yicha) ko‘rsating.

11) Chet tillarini bilish darajangizni ko‘rsating: qaysi tillarni bilasiz va qay darajada. O‘qish va tushunish darajangizni, og‘zaki nutqni tushunish va suhbatda qatnasha olish darajangizni, yozma nutq (yozuv) darajangizni, CEFR shkalasi (tizimi) bo‘yicha (A1, A2, B1, B2, C1, C2) ko‘rsating.

12) Shaxsiy sifatlaringizni, ko‘nikmalaringizni, xobbingizni ko‘rsating: istagingizga qarab o‘zingizning ijobiy va salbiy sifatlaringizni ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin. Qanday ko‘nikmalarga va mahoratlarga egasiz.

13) Qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsating: qo‘shimcha ma’lumot sifatida vaxta rejimida ishlashga tayyorligingizni, xizmat safarlariga borishga tayyorligingizni, haydovchilik guvohnomasiga va stajiga egaligingizni, chet ellarda bo‘lganligingizni, muqaddam sudlanganlik haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatib o‘tishingiz mumkin.

14) O‘zingiz haqingizda ilova sifatida kuzativ xatini yozib qo‘yishingiz mumkin. Masalan, rezyumeni to‘ldirish jarayonida ko‘rsatib o‘tish imkoni bo‘lmagan ma’lumotlarni kuzatuv xatida yozib ketishigiz mumkin. Yutuqlaringiz, muvaffaqiyatlaringiz, xarakteringiz va h.k. haqida yozishingiz mumkin.

15) Rezyumeni to‘ldirib bo‘lganingizdan so‘ng uni kadrlar xizmatiga yuborishdan avval yozganlaringizni grammatik va orfografik xatolarga yo‘l qo‘yilganligi bo‘yicha tekshirib chiqing. To‘ldirilgan rezyumeni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz mumkin: Erkin.Alimov@uzairways.com

Yuqorida sanab o‘tilgan maslahat va tavsiyalarga amal qilmaslik yoki taqdim etilishi (ko‘rsatilishi) lozim bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatmaslik nafaqat talabgorni baholash imkoniyatidan to‘sadi, balki qiyinlashtiradi ham, undan tashqari ko‘pincha ish beruvchining talabgorga nisbatan ishonchini pasaytiradi va unga “o‘z ishining mohir ustasi” sifatida qarashga (baho berishga) yo‘l qo‘ymaydi hamda u bilan keyingi bosqichlarda aloqa (munosabatlar)ni davom ettirish fikridan qaytaradi.

Hurmat bilan,

“Uzbekistan Airways” AJning

Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi.