Menejment va sifat tizimi (MST) mutaxassisi
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yerdagi xizmatni tashkillashtirish departamentining (YXTD) Yerdagi xizmat bo‘limi (YXB).
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Tugallangan oliy ma’lumot: fuqaro aviatsiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha.
- Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- Shaxsiy kompyuterdan va ofis texnikasidan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish.
- Fuqaro aviatsiyasi sohasi bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘lish.
- Yo‘lovchi tashish va havo kemalariga yerda xizmat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari va tartiblarini bilish.
- “Uzbekistan Airways” AJning parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi siyosati, “Uzbekistan Airways” AJning sifat sohasidagi siyosati” PXTTning asosiy tamoyillarini bilish.
- Ingliz tilini bilishi to‘g‘risidagi sertifikat – ma’qullanadi.
Vazifalari:
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Tashqi xizmat ko‘rsatuvchi pudratchilarning MST va IOSA standartlariga muvofiqligini tekshirishda ishtirok etish.
- Parvozlar xavfsizligi ko‘rsatkichlari tahlili hisobini yuritish.
- Normativ-huquqiy hujjatlarni yanada tartibga solish va takomillashtirish maqsadida havo kemalariga yerda ishlov berish tartib-qoidalarini tartibga soluvchi me’yoriy va yo‘riqnoma hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
- Shartnomalar bo‘yicha muvofiqlashda ishtirok etish.
- Faoliyatining mohiyati bo‘yicha hisobot va monitoring olib borish.
- YXTDning rejalari va tahlillarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
- “Uzbekistan Airways” AJ havo kemalariga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
- Vakolatxonalarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish.
- Yerdagi xizmatlarini ko‘rsatuvchi servis kompaniyalari bilan muzokaralar olib borish.
- Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, zarur hujjatlar va qarorlarni talab qilish masalalari bo‘yicha IATA, IOSA, ICAO bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
- Zarur xizmat ma’lumotlarini to‘plash.
- Parvozlar monitoringi natijalari bo‘yicha hisobot yuritish.
- Ish vazifalari doirasida kiruvchi yozishmalarni ko‘rib chiqish va ularga javob berish.
- Va boshqalar.
Ish sharoitlari:
- Rasmiy ishga joylashish.
- 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
- O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
- Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
- Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
- MST standartlari
- Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati
- Havo kemalariga xizmat ko‘rsatish sifati
- IOSA
- IATA
- ICAO
- Texnik hisobotlar
- Shartnomalar tuzish
- Ishbilarmonlik aloqalari
- Muzokaralar olib borish
- Ishbilarmonlik yozishmalari
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Erkin.Alimov@uzairways.com