Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Abu Ali al-Husain ibn Abdulloh ibn Sino (980 – 1037)

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

ibn SinoIslom Sharqining eng buyuk qomusiy allomasi.

Abu Ali al-Husain ibn Abdulloh ibn Sino – Buxoro yaqinidagi qadimiy Afshona qishlog‘ida 980- yilda tug‘ilgan, 1037-yilda esa Hamadonda olamdan o‘tgan. Qisqartirilgan nomi Ibn Sino, lotinchadagisi – Avitsenna serqirra tabbiyot xodimi, fizik, faylasuf, matematik, astronom, kimyogar va musiqashunos. Bugungi kunda ham dolbzarligini yo‘qotmagan “Davolash kitobi” va “Kanun at-tib” kabi mshhur tibbiyot asarlari muallifi. “Tibbiyot fani qonun-qoidalari” mashhur ensiklopediyasi ko‘p asrlar davomida tibbiyot bo‘yicha qo‘llanma bo‘lib, Rim, Yunon, Hindiston va O‘rta Osiyo shifokorlarining tajribasi va nuqtai nazarini o‘z ichiga olgan. Ibn Sino fan tarixidagi buyuk shaxslardandir. G‘arb dunyosida uni Islomiy Sharqining buyuk allomasi deb hisoblashgan.

 

avcAsarlari.

Ibn Sinoning “Qonun at-Tibb” asari eng mashhur asarlaridan biri. Undan yunan, rim va fors tibbiyot san’ati namunalari o‘rin olgan. Kitob ko‘p qismlarga bo‘lingan. Ulardan eng asosiylari 5 kitob: Umumiy qarashlar (tibbiyot nazariyasi); Dorilarning alifbo tartibidagi ro‘yxati; Maxsus a’zolarga tegishli kasalliklar (patologiya va davolash); Barcha a’zolar bo‘yicha tarqaluvchi kasalliklar (jarrohlik va umumiy kasalliklar); Dorilarni tayyorlash. “Tib qonunlari”da parhezning muhimligi, salomatlikka tabiiy sharoit va atrof muhitni ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Keyingi o‘rinlarda ko‘z anatomiyasi va turli ko‘z kasalliklari (katarakta kabi) hamda suv va tuproq orqali tarqaladigan kasalliklar haqida so‘z boradi. “Tib Qonunlari”da 760 xildagi dorivorlar ro‘yxati va ularning ta’sir doirasi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ibn Sino his qilish va insonning jismoniy holati o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini, hamda musiqani bemorga ijobiy ta’sirini aniqlagan.

 

ibn SinoIbn-Sino merosiga e’tibor.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida buyuk mutafakkirning hayoti, ijodi va faoliyatini to‘la tadqiq etish, uning asarlaridagi ezgu g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirish, ularni boy tariximizga ehtirom ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buxorodagi Afshona qishlog‘ida afsonaviy muzey tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 2000-yilda Ibn Sino jamoat fondi tashkil etilgani, ulug‘ bobomiz kindik qoni to‘kilgan makon – Buxoroda turli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilayotgani mashhur allomaning hayoti, faoliyati, ilmiy merosini o‘rganish, uning bizga noma’lum bo‘lgan asarlarini izlab topish va tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.