Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Abdulla Qahhor (1907-1968)

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

AQAbdulla Qahhor 1907-yil 17-sentabrda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). O‘rta Osiyo Davlat unversitetining pedagogika fakultetini tamomlagan (1930). Uning ilk «Oy kuyganda» (1924) hajviy she’ri Norin shilpiq taxallusi ostida «Mushtum» jurnalida bosilgan. Yozuvchi «Boshsiz odam» (1929) hikoyasini e’lon qilgach, umrining oxirigacha nasrda samarali ijod qilgan. Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Olam yasharadi» (1935). Shundan so‘ng uning «Hikoyalar» (1935, 1936) to‘plamlari ketma-ket nashr etilgan. Bu davrda u «Sarob» (1935) romanini ham yozgan. «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani, «Sinchalak» (1958), «O‘tmishdan ertaklar» (1965), «Muhabbat» (1968) qissalari o‘zbek nasri taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan. U o‘zining «Shoxi so‘zana» («Yangi yer», 1949—53), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) sahna asarlari bilan dramaturg sifatida ham tanilgan. A. Pushkin, L. Tolstoy, N. Gogol, A. Chexov asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan.

Abdulla Qahhor 1968-yil 25-mayda Moskva shahrida vafot etgan. Xamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1966) lauriyati. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).