В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

Muhammad Tarag‘ay Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy (1394-1449)

Поделиться в социальных сетях

muMirzo Ulug‘bek – Samarqand podshohi tarix sahifalaridan buyuk olim, o‘z davrining ma’lum va mashhur siymosi, atoqli matematik va astronomi sifatida o‘rin olgan. Mirzo Ulug‘bek, shuningdek, Sharq Islom olamining yetuk olimlari qatorida o‘z mehnatlari va ilmiy xizmatlari bilan ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ta’sir ko‘rsatgan. Mirzo Ulug‘bek o‘rta asrlarda jahondagi eng muvaffaqiyatli rasadxonani tashkil qilgan edi. Uning “Zijji jadidi Ko‘ragoniy” astronomiya jadvali XVI asrda Turkiya orqali G‘arb ilm-fan doiralariga ma’lum bo‘ladi va uzoq yillar mobaynida dunyo astronomiya fanida muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.

 

muBaxt yulduzi ostida dunyoga kelish.

Amir Temurning nabirasi bo‘lmish Mirzo Ulug‘bek 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topgan. Uning otasi Shohruh Buyuk Sohibqironning bevosita davomchisi sifatida Temuriylar imperiyasini bir necha o‘n yillar mobaynida muvaffaqiyatli boshqargan. Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim – g‘oyatda o‘qimishli, san’atda nihoyatda nozik didga ega malika bo‘lgan. Bo‘lajak podshoh bolalik yillaridanoq boshqalarnikiga o‘xshamagan xotirasi, til o‘rganishga bo‘lgan iste’dodi bilan ajralib turgan. Mirzo Ulug‘bek avvaliga arab, so‘ng fors hamda hind tillarini, notiqlik san’ati va adabiyot sirlarini o‘rgangan.

 

muButun umrlik ishtiyoq.

Tarixiy manbaalarning yozishicha, rasadxona tuzilishi silindr shaklida bo‘lgan. Uning balandligi 30,4 metr bo‘lib, 3 qavatdan iborat edi. Silindr diametri 46,40 metrni tashkil qilgan. Inshoot Temuriylar davri me’morchiligi uslublariga ko‘ra qad rostlagan. Uni qurishda alohida e’tibor rasadxonaning seysmik mustahkam bo‘lishiga qaratilgan. Shu bois, u bunyod etilgan sertosh tepalik 2,5 metr kovlanib, o‘rni pishgan g‘isht bilan qoplangan. Hosil bo‘lgan bu maxsus yerga mustahkam qilib burchak radiusi hamda vaqtni o‘lchash asbobi, ya’ni sekstant o‘rnatiladi. Sekstant shunday o‘rnatilgan edi-ki, bir qarashda uning o‘rnashgan joyi noodatiy bo‘lib, u janubdan sharqqa tomon yulduzlar yo‘nalishini ko‘rsatar edi. Aynan ana shunday tuzilishga ega bo‘lgani uchun ham, olimning kuzatish va hisob-kitoblari hayratlanarli aniqlikka ega bo‘lgan. Sektant ustida barpo etilgan aylana shakldagi binoda bir qancha asosiy va yordamchi xonalardan iborat bo‘lgan. Rasadxon Ulug‘bek va uning izdoshlari uchun 20 yildan oshiqroq vaqt davomida Alma-mater, ilmiy markaz bo‘lib kelgan.