«Uzbekistan Helicopters» MChJ poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni bajarishga ochiq kimoshdi savdo tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov o‘tkazish muddati 2020-yil 02.03.dan 16.03.ga qadar.
1. Tanlovga oid takliflar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
GSP - 100154, Toshkent sh. Qumariq ko‘chasi, «Uzbekistan Helicopters» MChJ
Telefon: faks 712155664, 909152308, e-mail: helicopters@uzairways.com.
2. Moliyalashtirish manbai – korxonaning xususiy vositalari.
3. Kimoshdi savdo tanlovi mazmuni:
- poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha xizmatlar (taxminiy son);
- A-4 shakl tayyor ish qog‘ozi – 100000 dona;
- A-3 shakl tayyor ish qog‘ozi – 2000 dona;
- A-5 shakl tayyor ish qog‘ozi – 8000 dona;
- A-4 shakl risolalar – 30 dona;
- A-5 shakl risolalar – 2000 dona;
- A-4 shakl, A-5 shakl kitoblar – 50 dona.
4. Xizmatlarni bajarish muddati – 10 ish kuni.
5. To‘lov shartlari: shartnoma imzolangan paytdan boshlab 15 bank kuni davomida 15% oldindan to‘lov, qolgan 85% - bajarilgan ishlar dalolatnomasiga muvofiq.
6. Bajaruvchi uchun alohida shartlar:
- tanlovda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, bozorda kamida uch yildan beri harakatlanayotgan, ixtiyoriy tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Muvofiq guvohnomalar va lisenziyalar hamda ro‘yxatdan o‘tganlik hujjatlarining bo‘lishi va taqdim qilinishi majburiy;
- tanlovda qayta tuzilish (bo‘linish yoki qo‘shilish) bosqichida bo‘lgan, qarzini to‘lay olmayotgan yoki faoliyati tugatilayotgan, qaysiki mol-mulki xatlovga olingan, buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida, shuningdek bir-biriga bevosita tashkiliy-huquqiy yoki moliyaviy bog‘liqlikka ega bo‘lgan tashkilotlarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;
- ishlarni ishlab chiqishga muvofiq ruxsat beruvchi hujjatlarning borligi va taqdim qilinishi;
- ishlarni bajarish uchun zaruriy ishlab chiqarish bazasi, mehnat zahiralari va mutaxassislarning borligi;
- shartnomada ko‘rsatilgan yuridik manzil bo‘yicha idoraga ega bo‘lish.