We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Chipta kassiri

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi
Bo‘linma: Markaziy sotuv bo‘limi
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: talab etilmaydi
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Talab qilinadigan minimal ta’lim darajasi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
  • Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish;
  • Ishonchli kompyuter ko‘nikmalari;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati: maqbul hisoblanadi;

Vazifalari:

  • Belgilangan ish texnologiyasiga muvofiq, aviatashuvlarni rasmiylashtirish bо‘yicha amaliyotlarni amalga oshirish;
  • Qo‘llanilgan tariflar va o‘rnatilgan yig‘mlar qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, yo‘lovchilar bilan hisob-kitob qilish;
  • TSA bo‘yicha belgilangan talablar va yo‘lovchilarga tegishli ma’lumotlarni APIS formatiga kiritish talabariga muvofiq, aviatashuvlarni sotish, bronlash va qayta bron qilish qoidalariga rioya qilgan holda SSR formatiga kiritishni amalga oshirish.
  • Sotilgan, ammo amalga oshirilmagan tashuvlar uchun qaytariladigan pul mablag‘larining hisob-kitobini qilish, foydalanilmagan aviachiptalarni qayta qabul qilish.
  • Smena tugaganidan so‘ng, kundalik hisobotlarni ro‘yxat bo‘yicha katta chipta kassiriga topshirish.
  • Ish kuni oxirida va aviatashuvlarni sotish va qaytarilgan aviachiptalar qiymati bo‘yicha NKM-cheklari (valyutada va so‘mda) ilova qilingan holda, kundalik elektron hisobotlar tayyorlash va AJ Filiali arxiviga topshirish.
  • Shaxsiy seyfni ishga yaroqli holatida tutish, undan faqat qat’iy hisobdagi blanklarni va xizmatga oid buyumlarni saqlash uchun foydalanish.
  • Yo‘lovchilarga e’tibor va xushmuomalalik bilan xizmat ko‘rsatish, aviachiptalarni sotish rejasini bajarish.
  • Yo‘lovchilarga sotuv tartiblari va tariflarni qo‘llash qoidalari bo‘yicha malakali tushuntirishlar berish.
  • Unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, korxonaga tegishli mol-mulkining saqlanishini ta’minlash.
  • O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan amaldagi qoidalarda nazarda tutilgan hollarda, уо‘lovchilarga sotuvni rad etish.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Kassaga oid amaliyotlarni bilish:naqd pul qabul qilish terminal bilan ishlash, hisobotlar;
  • Bilet tizimlarida ishlash: onlayn sotuv, bron qilish, qayta rasmiylashtirish;
  • Mijozlar bilan ishlash ko‘nikmalari: muloyimlik, nutq, nizoli vaziyatlarini hal qilish;
  • Diqqatlik va aniqlik: chiptalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlarni tekshirish;

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com