We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasining Ma’murlashtirish va kiberxavfsizlik bo‘limi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi:  to‘liq ish kuni.

Talablari:

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Maxfiylik talablariga rioya qilish.
  • Mahalliy va korporativ tarmoqlar, IT infratuzilmasi dasturiy-apparat kompleksi, korporativ xizmatlar va AJ resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
  • Bo‘lim vakolatlari doirasida AJning IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlari va resurslarining dasturiy-apparat kompleksi boshqaruvini ta‘minlash.
  • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi AJ IT infratuzilmasining dasturiy-apparat komplekslariga dasturiy ta’minotni yangilashni o‘rnatishni ta’minlash.
  • “Yakuniy nuqtalar”ning har tomonlama himoyasini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  • AJ IT infratuzilmasining axborot xavfsizligini ta’minlash.
  • AJ axborot tizimlari va IT infratuzilmasi boshqa tarkibiy qismlarining axborot xavfsizligi intsidentlari va zaifliklarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishda ishtirok etish.
  • Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan axborot xavfsizligiga tahdidlarni aniqlash, dasturiy ta’minot va apparat zaifliklarini aniqlash.
  • AJ axborot-kommunikatsiya tizimlarining ishlashi davomida maxfiy ma’lumotlarning chiqib ketishi va ularning faoliyat ko‘rsatish jarayoniga ruxsatsiz aralashishning mumkin bo‘lgan kanallarini aniqlash bo‘yicha ishlarni doimiy ravishda olib borish.
  • AJ xodimlariga axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahat berishi;
  • Tizimning ishlash jarayoniga noqonuniy aralashuvlar hamda AJ axborot tizimlarida qayta ishlangan, saqlanadigan va ko‘rsatiladigan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishning oldini olish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
  • Axborot xavfsizligi va axborotning texnik muhofazasini ta’minlash bo‘yicha axborot sharhlarini tuzish.
  • Yillik va choraklik ish rejalariga muvofiq, shuningdek, faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni va rahbariyatning farmoyishi bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
  • AJ IT infratuzilmasi axborot xavfsizligining turli tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar rejalarini tayyorlashi va amalga oshirish.
  • Belgilangan vazifalar doirasida eng maqsadga muvofiq amaliy yechimlarni aniqlash uchun tadqiqotlar o‘tkazish.
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot va texnik vositalarni himoya qilish usullaridan foydalanish bo‘yicha boshqa tashkilotlar tajribasini o‘rganish va umumlashtirish, uni himoya qilish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish va takomillashtirish.
  • Tezkor topshiriqlarni bajarish.
  • AJ axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona siyosatni (kontseptsiyani), shu jumladan, AJ axborot xavfsizligi tizimiga qo‘yiladigan talablarni aniqlashni ishlab chiqish va muntazam yangilashda ishtirok etish.
  • Tegishli qismida bo‘limning yillik va choraklik ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etish.
  • Tegishli qismida AJ IT infratuzilmasi obyektlarini yaratish (modernizatsiya qilish) uchun qisman tegishli texnik shartlami ishlab chiqishi va kelishish.
  • Avariya vaziyatlarning sabablarini taftish qilishda ishtirok etish.
  • AJ rahbariyati tomonidan axborot xavfsizligini ta’minlash, axborotni muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish.
  • Axborot xavfsizligi, axborotni himoya qilish uchun tizimlarini joriy etishni amalga oshirish.
  • AJda axborotni, shu jumladan maxfiy ma’lumotlarni va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlaming samaradorligini tahlil qilishi va baholash.
  • Uskunalar va uning uchun zarur dasturiy ta’minotni xarid qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
  • Bo‘lim vakolatlari doirasida AJ tomonidan sotib olingan tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlarini sotib olish uchun texnik talablarni tayyorlashda ishtirok etish.
  • AJning ekspluatatsiyadagi avtomatlashtirilgan tizimlarini axborot xavfsizligini ta’minlash qismida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ro‘y berayotgan o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Rus tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • TCP/IP bo‘yicha bilim
  • OSI modelini tushunish
  • Dasturiy ta’minot yoki uskunaning noto'g'ri ishlashi oqibatlarini/sabablarini aniqlay olish
  • Tarmoq trafigini tahlil qilish
  • Tarmoq infratuzilmasi xavfsizligini tahlil qilish
  • Asosiy operatsion tizimlarning pochta va fayl xizmatlarini bilish
  • Axborot xavfsizligini tahlil qila olish
  • Zaifliklar haqidagi ma’lumotlar asosida axborot xavfsizligi tahdidlarini aniqlash (tahdidlarni tasniflash, zaifliklarni bartaraf etish va biznes risklarini minimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish)
  • Risklarni boshqarish
  • Xavfsiz infratuzilmani yaratish

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Alexey.Kirillov@uzairways.com

Erkin.Alimov@uzairways.com