We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Davlat resurslari bilan hamkorlik qilish guruhi mutaxassisi

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompniyasi.

Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasi.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Guruh zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalaming bajarilishini ta’minlash;
  • Ijro intizomini yagona idoralararo elektron tizimda (mt.ijro.uz, app.ijro.uz) tahrirlash;
  • “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTdan keng qo‘llanilishini reyting baholash” (nis.uz) axborot tizimiga ma’lumotlarning o‘z vaqtida sifatli kiritilishi va qo‘shilishini ta’minlash;
  • “O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali” (open.data) tizimiga har chorak, oyda AJ tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish;
  • “Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri” (reyestr.uz) tizimiga yangi axborot tizimlari haqidagi ma’lumotlarni kiritishi;
  • “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi” tizimiga (project.uz) ma’lumotlarni kiritish;
  • Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Davlat statistik hisobotini elektron shaklda taqdim etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi” (e-stat 4.0) tizimiga kiritish;
  • O‘zbekiston Respublikasining АКТ sohasidagi normativ-huquqiy bazasi talablari va takliflarini o‘rganish;
  • Guruh rahbariga АКТ sohasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • AKT bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar
  • “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKTdan keng qo‘llanilishini reyting baholash”
  • “O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali”
  • “Axborot tizimlari va resurslarining yagona reyestri”
  • “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi”
  • “Davlat statistik hisobotini elektron shaklda taqdim etishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi”

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Erkin.Alimov@uzairways.com