«Uzbekistan Helicopters» MChJ transport vositalari egalarining fuqarolik mas’uliyatini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlov mazmuni: transport vositasini boshqarishga ruxsat berilgan shaxslarning cheklovlarsiz foydalanish sharoitlarida sug‘urta qildirganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish bilan transport vositalari egasining fuqarolik mas’uliyatini majburiy sug‘urtalash;
№ |
Transport vositasining turi |
Transport vositasining belgisi |
soni |
1 |
Yengil avtomobil |
DAMAS |
2 |
2 |
Yengil avtomobil |
TOYOTA LAND CRUISER |
1 |
3 |
Avtobus |
ISUZU |
1 |
4 |
Yuk avtomashinasi |
MAZ-5334 |
1 |
|
Jami |
|
5 |
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining amaldagi ruxsatnomasiga ega bo‘lgan, reytingi UzA+dan kam bo‘lmagan, transport vositalari egasining fuqarolik mas’uliyatini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalash kompaniyalari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda qarzini to‘lay olmayotgan yoki faoliyati tugatilayotgan, qayta tuzilish bosqichidagi, belgilangan muddatlarda barcha zarur hujjatlarni taqdim eta olmagan, avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avval qabullangan majburiyatlarni tegishliligicha bajara olmagan, tanlov e’lon qilinishidan avval 6 oydan kam vaqtda ta’sis qilinganlar, buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo‘lgan tashkilotlar va firmalarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Tanlov takliflari quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
O‘zbekiston 100167, Toshkent, Qumariq ko‘chasi, aeroport
«Uzbekistan Helicopters» MChJ direktori v.b. T.Sh.Valiyevga
e-mail: helicopters@uzairways.com.
Tanlov takliflarini qabul qilish muddati 2020-yil 18.12. soat 17.00.gacha.
Tanlov takliflari pochta, faks, electron pochta orqali qabul qilinadi. Axborot rus tilida bo‘lishi yoki rus tilidagi tarjimasiga ega bo‘lishi lozim.
Tanlov ishtirokchilari qo‘shimcha ma’lumotni +998712155695 telefoni bo‘yicha olishlari mumkin.