We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Korporativ munosabatlar va mulklarni boshqarish boshqarmasi boshqarma boshlig‘i

Share on social media

Работодатель:

Boshqarma boshlig‘i 

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Korporativ munosabatlar va mulklarni boshqarish boshqarmasi 

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 6 yildan ortiq 

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Iqtisodiyot, muhandislik, iqtisodiyot, moliya va/yoki huquq sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
  • Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Ishonchli kompyuter ko‘nikmalari;
  • O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyati va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘risida”gi Qonunini bilish.
  • Rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik ish tajribasi.
  • Korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi.
  • Korporativ menejer malaka sertifikati (Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan beriladi).
  • Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi sertifikat (Regulyator tomonidan beriladi). 
  • Ingliz tilini bilish sertifikati: maqbul hisoblanadi

Vazifalari:

  • Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil etishda hamda ulaming bajarilishini nazorat qilish.
  • Xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimlarini Jоrу etish va xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda takomillashtirish.
  • Davlat, tijorat va rasmiy sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilinishini nazorat qilish.
  • Unga ishonib topshirilgan xodimlarni o‘zlari bajaradigan lavozim vazifalariga (ofis uskunalari, ish yuritish, Intemetga kirish va h.k.) muvofiq jihozlangan ish o‘rinlari bilan ta’minlash.
  • Bo‘ysunuvchi xodimlarning maxsus bilimlari darajasini oshirish.
  • Boshqarma faoliyatini muvofiqlashtirish va Jamiyatning xizmatlari, departament, boshqarmalari, bo‘limlari va tarkibiy bo‘linmalari bilan boshqarmaning hamkorligini ta’minlash.
  • Boshqarmaga berilgan vakolatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari, uchinchi tomon tashkilotlari, shuningdek, boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan muzokaralar va ishchi uchrashuvlarda ishtirok etish.
  • Boshqarma faoliyatini rejalashtirish va tahlil qilish.
  • Rasmiy uchrashuvlar va suhbatlar, ofis ishlarini olib borishda rahbarlik, uslubly, me’yoriy hujjatlar va materiallarni, kirish/chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish qoidalari va odob­ axloq qoidalarini bilish.
  • Qonun hujjatlariga muvofiq, Jamiyatning joriy faoliyatiga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqishda Jamiyat boshqaruviga ko‘maklashish.
  • Kadrlarni mehnatga halol munosabat ruhida tarbiyalash, davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mehnat intizomini mustahkamlash, unga bo‘ysunuvchi xodimlarning ijodiy tashabbusini va mehnat faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni olib borish.
  • Maxfiy va insayder ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha Jamiyatning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar va tartiblarga rioya qilish, shu jumladan o‘z vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga ma’lum bo‘lgan maxfiy va insayder ma’lumotlami oshkor etmaslik, bunday ma’lumotlarga kirish, shuningdek undan o‘z manfaatlari yo‘lida yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmaslik.
  • Jamiyat aksiyadorlarining huquqlari va mulkiy manfaatlariga rюуа etilishini ta'minlash.
  • Korporativ nizolami oldini olish va hal qilishda ishtirok etish.
  • Manfaatlar to'qnashuvi holatlari to‘g‘risida jamiyat boshqaruvi raisini darhol xabardor qilish.
  • Jamiyat tomonidan kuzatuv kengashi a’zolari nomiga kelgan va Jamiyatga kelib tushgan yozishmalarni yuborishni nazorat qilish.
  • “Internet” axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idagi va real vaqt rejimida yangilanadigan axborot resursidagi ma’lumotlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida o‘z vaqtida oshkor etilishini ta’minlash.
  • Vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash va korporativ nizolarning oldini olishda ishtirok etish.
  • Jamiyat nazorati ostidagi jamiyatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
  • Qonun hujjatlarida va jamiyatning ichki hujjatlarida belgilangan tartiblarning bajarilishini ta’minlash 
  • Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat organlari vakillari, uchinchi shaxslar bilan o‘z vakolatlari doirasida ishbilarmonlik yozishmalarini olib borish va boshqa ishbilarmonlik aloqalarini amalga oshirish.
  • Kompaniyaning korporativ boshqaruv tizimi va amaliyotini takomillashtirishda ishtirok etish, shu jumladan, ilg‘or tajriba va korporativ boshqaruv bo‘yicha tavsiyalarga amal qilish.
  • Jamiyatning korporativ boshqaruvi masalalari bo‘yicha Ustavga, boshqa ichki hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.
  • Kompyuter texnikasidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
  • Ichki mehnat qoidalari, mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va yo‘riqnomalar, xodimlaming odob-axloq qoidalari, Jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosatining tamoyillari va talablariga rioya qilish.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • Aktivlarni korporativ va strategik boshqarish;
  • Korporativ va xo‘jalik qonunchiligini mukammal bilish; 
  • Davlat organlari bilan samarali hamkorlik
  • Ishbilarmonlik muzokaralari va rasmiy yozishmalarni olib borish
  • Bo‘lim faoliyatini boshqarish va ijro intizomini ta’minlash;

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com