We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Xizmat boshlig‘i

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Komplayns nazorati xizmati

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 6 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Oliy yuridik ma’lumot
  • Sohada kamida 6 yil ish tajribasi;
  • Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • Ishonchli kompyuter ko‘nikmalari;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining fundamental bilimlari;
  • Og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, muzokaralar olib borish ko‘nikmalari va  rasmiy yozishmalar ko‘nikmalari;
  • Ingliz tilini bilish sertifikati: maqbul hisoblanadi

Vazifalari:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish;
  • Aviakompaniyaning barcha biznes jarayonlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va ularni Aviakompaniya Boshqaruvi a’zolariga taqdim etish;
  • Ichki normativ-huquqiy hujjatlarda aniqlangan korrupsion holatlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Aviakompaniyada korrupsiya xavfini baholashni tashkil etish, ularning natijalariga ko‘ra aniqlangan xavflarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan lavozimlar ro‘yxatini shakllantirish;
  • Aviakompaniya xodimlarining qayta aloqa kanallari orqali tushgan korrupsiya xavf-xatarlari va qoidabuzarliklar bo‘yicha murojaatlarini tahlil qilish, ularning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
  • Aviakompaniyada olib borilayotgan xizmat tekshiruvlarini hisobga olish reestrida yoki o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlarini ro‘yxatga oluvchi boshqa tegishli hujjatda korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligini nazorat qilish;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarida va/yoki davlat darajasidagi boshqa hujjatlarda Aviakompaniyaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini monitoring qilish va nazorat qilish;
  • Aviakompaniyadagi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standarti talablariga muvofiqligini ta’minlash;
  • Aviakompaniya xodimlarini o‘qitish rejalarining korrupsiyaga qarshi qismini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Aviakompaniya xodimlari va yo‘lovchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Qonun hujjatlari bilan Aviakompaniyaga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish vazifalariga muvofiq, xorijiy davlatlarning vakolatli organlariga zarur ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborilishini tashkil etish va ularning so‘rovlari bo‘yicha javob xatlarini tuzishda ishtirok etish;
  • Aviakompaniyada korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va hal etish sohasidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishini ta’minlash;
  • Aviakompaniyaning biznes faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvlarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu jumladan Aviakompaniya xodimlarining shaxsiy (shaxsiy) manfaatlari ular tomonidan qarorlar qabul qilish va o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishning xolisligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni kuzatish, nazorat qilish va oldini olish;
  • Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va hal qilish tizimini yaratish choralarini ko‘rish;
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa vakolatli xalqaro tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlar hukumatlari tomonidan joriy etilgan va joriy etilayotgan sanksiyalarni monitoring qilish va tizimlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • Aviakompaniya rahbariyatiga ushbu sohada tekshiruv jarayonlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan tegishli dasturiy mahsulotlarni sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish;
  • Aviakompaniyaga nisbatan sanksiyaviy va boshqa salbiy ta’sir choralari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik, imij va ishchanlik obro‘siga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida bitimlar, shartnomalar va boshqa tijorat kelishuvlarini tuzishda, tranzaksiya harakatlarini amalga oshirishda kontragentlarni muntazam tekshirishni tashkil etish mexanizmlarini ishlab chiqadi va joriy etish;
  • Tegishli siyosat va tartib-qoidalarni, shuningdek, sanksiyaviy komplayensni qo‘llashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish;
  • Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishini nazorat qilish;
  • Faoliyat bilan bog‘liq materiallarni tahlil qiladi (shu jumladan raqobatni va (yoki) iste’molchilarning huquq va manfaatlarini cheklovchi normalarni aniqlashga qaratilgan ichki hujjatlarni ko‘rib chiqadi), aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • Raqobatni cheklashga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini bilish
  • Siyosat va qoidalarni ishlab chiqish va joriy qilish: ichki reglamentlar etik kodekslar, yo‘riqnomalar va protseduralarni yaratish qobilyati;
  • Antikorupptsiya dasturlari va protseduralari:manfaatlar to‘qnashuvi va moliyaviy buzilishlarining oldini olish choralarini joriy qilish tajribasi;
  • Monitoring va audit: ichki protseduraga rioya etishni nazorat qilish, tekshiruv va auditorlar o``tkazish qobilyati.
  • Liderlik va jamoa boshqarish

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com