We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Font-size

Enable a screen reader

Tizim boshqaruvi va kiberxavfsizlik bo‘limi tizim muhandisi (administratori)

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: IT-infratuzilmasi, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik departamenti

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 1 yildan 3 yilgacha

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi: to‘liq ish kuni.

Talablari:

  • Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi
  • Axborot texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlish.
  • Lavozim vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan darajada oʻzbek, rus va ingliz tillarini bilish.
  • IT texnologiyalari, zamonaviy kompyuter, tarmoq arxitekturasi, kompyuter boshqaruvi hamda kompyuter va tarmoq xavfsizligi  boʻyicha fundamental bilimlar.
  • Shunga oʻxshash lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasi.
  • Ingliz tilini bilish sertifikati maqullanadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining fundamental bilimlari;

Vazifalari:

Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:

  • Mahalliy va korporativ tarmoqlar, IT infratuzilmasining dasturiy-apparat kompleksi, AJning korporativ xizmatlari va resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • Bo‘lim vakolati doirasida IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlar va AJ resurslarining dasturiy-apparat kompleksini boshqarishni ta’minlash;
  • Bo‘lim vakolatiga tegishli bo‘lgan AJ IT infratuzilmasining dasturiy-apparat komplekslariga dasturiy ta’minot yangilanishlarini o‘rnatishni ta’minlash;
  • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi AJning “yakuniy nuqtalarini” kompleks himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • IT infratuzilmasi, axborot tizimlari va AJ resurslarini texnik va texnologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
  • AJ IT infratuzilmasi dasturiy-apparat komplekslarining uzluksiz ishlashini va rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Bo‘limning yillik va choraklik rejalariga muvofiq ishlarni, shuningdek, faoliyatning alohida yo‘nalishlari bo‘yicha va rahbariyat buyrug‘i bilan rejalashtirilgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
  • AJ IT infratuzilmasining axborot xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish;
  • AJ xodimlariga uning faoliyat turiga taalluqli masalalar bo‘yicha maslahat berish;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilg‘or zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha axborot sharhlarini tuzish;
  • Qo‘yilgan vazifa doirasida eng maqsadga muvofiq amaliy yechimlarni aniqlash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish;
  • AJning IT infratuzilmasi samaradorligini oshirish va takomillashtirish maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish va umumlashtirish;
  • AT infratuzilmasi, korporativ xizmatlar va AJ resurslarining ishlashini nazorat qilishni ta’minlash bilan bog‘liq tezkor vazifalarni bajarish;
  • Bo‘limning yillik va choraklik ish rejalarini tayyorlashda ishtirok etish;
  • AJ IT infratuzilmasining ishlash qobiliyati va samaradorligini nazorat tekshiruvlaridan o‘tkazish, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • AJ IT infratuzilmasining dasturiy-apparat komplekslarini joriy etish va rivojlantirishda ishtirok etish;
  • AJning IT infratuzilmasi obyektlarini yaratish (modernizatsiya qilish) bo‘yicha texnik topshiriqlarni tegishli qismida ishlab chiqish va kelishish;
  • Favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini tekshirishda ishtirok etish;
  • Axborot xavfsizligini boshqarish, axborotni himoya qilish tizimlarini joriy etishda ishtirok etish;
  • AJning IT infratuzilmasi, korporativ xizmatlari va resurslarining uzluksiz ishlashi bo‘yicha ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish va baholash;
  • AJ IT infratuzilmasining dasturiy-apparat komplekslarini loyihalash va ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • Tarmoq arxitekturasini tashkil etish va qurish, AJ IT infratuzilmasini kengaytirish va optimallashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kerakli asbob-uskunalar va ularning dasturiy ta’minotini sotib olish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • AJ va telekommunikatsiya provayderlari o‘rtasidagi, shuningdek, AJ va axborot va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa tashqi tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomalar, kontraktlar va bitimlarni tayyorlash va ekspertiza qilishda ishtirok etish;
  • Bo‘lim vakolati doirasida AJ tomonidan xarid qilinadigan ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotib olish bo‘yicha texnik talablarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • AJning foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan tizimlarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • va boshqalar.

 Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ish bilan ta’minlash;
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 9:00 dan 18:00 gacha;
  • O‘z vaqtida va barqaror ish haqi;
  • Sinov muddati: 3 oy

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
  • Rus tili – C2 – mukammal daraja
  • Ingliz tili – B2 – o‘rtacha-ilg‘or daraja
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini bilish
  • Texnologik platformalarni joriy etish
  • Tegishli takliflarni tayyorlash va IT infratuzilmasini rivojlantirishni amalga oshirish
  • IT infratuzilmasi uchun dasturiy va apparat tizimlarini ishlab chiqish
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.

Rezyumeni ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron pochta manziliga yuboring:

Sultanova.Nilufar@uzairways.com