We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Rejalashtirish va xaridlar monitoringi bo‘limi boshlig‘i

Share on social media

Работодатель:

Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.

Bo‘linma: Xaridlar departamenti.

Stavka: 1,00.

Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.

Talab etilgan ish tajribasi: 5 yildan kam emas.

Bandlik shakli: to‘liq bandlik.

Ish rejimi:  to‘liq ish kuni.

Talablari:

Vazifalari:

  • Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
  • Xaridlar bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish va ularni hisobga olish ishlarini tashkil etish, arizalarining to‘liqligi va to‘g‘riligini nazorat qilish.
  • Doimiy ravishda sifat menejmenti tizimi (ISO) bo‘yicha amaldagi qoidalar, standartlar va hujjatlashtirilgan jarayonlarga muvofiqligini ta’minlash.
  • Tovar aktivlari qoldiqlarini monitoring qilish.
  • Xarid qilish rejalashtirilgan tovarlar / ishlar / xizmatlarning texnik tavsiflari va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish, xarid qilinadigan tovarlar / ishlar / xizmatlar uchun talablarni shakllantirishda ishtirok etish.
  • Bozor tadqiqotlari asosida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
  • Iste’molchi buyurtmalari asosida kerakli tovarlar / ishlar / xizmatlar bo‘yicha xaridlar rejalarini ishlab chiqishni boshqarish.
  • Shartnomalarning bajarilishi va zarur tovarlar / ishlar / xizmatlar yetkazib berilishini nazorat qilish.
  • Tovar va xizmatlarni yetkazib berish / sotish bo‘yicha shartnoma shartlarini kelishishda ishtirok etish.
  • Bo‘lim faoliyatida ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ulardan foydalanish.
  • Shartnoma majburiyatlarini bajarilishi, moddiy boyliklarning yetishmasligi, sifatsiz mahsulot yetkazib berish va hokazolar uchun iste’molchilarga / yetkazib beruvchilarga da’volarini taqdim etish uchun materiallarni tayyorlashda bevosita ishtirok etish.
  • Belgilangan ashyolar omborlaridagi moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilishda qatnashish.
  • O‘z faoliyati bilan bog‘liq hisobotlarni tayyorlash.
  • Va b.

Ish sharoitlari:

  • Rasmiy ishga joylashish.
  • 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
  • O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
  • Sinov muddati: 3 oy.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • O‘zbek tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Rus tili – C1 – Ilg‘or daraja
  • Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
  • Davlat xaridlari
  • Xaridlar va shartnomalarni monitoring qilish
  • Mahsulotlar va xizmatlar bozorini monitoring qilish
  • Ishbilarmonlik yozishmalari
  • Shartnomalar tuzish
  • Ishbilarmonlik aloqalari
  • Muzokaralar

Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:

Erkin.Alimov@uzairways.com