Sud-huquq bo‘limi huquqiy maslahatchisi
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: Yuridik boshqarmaning Sud-huquq bo‘limi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
Talablari:
• Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
• Tugallangan oliy yuridik ma’lumot.
• Sud-huquq sohasidagi ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
• Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
• Shaxsiy kompyuterdan bemalol foydalanish darajasiga ega bo‘lish.
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha fundamental bilimlar.
• Og‘zaki va yozma muloqot, muzokaralar va rasmiy yozishmalar malakalariga ega bo‘lish.
• Ingliz tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lish – ma’qullanadi.
Vazifalari:
• Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
• AJ faoliyatida qonunchilikka rioya qilish va uning huquqiy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash;
• AJ Boshqaruvi tomonidan rahbariyat imzolashi uchun tayyorlangan buyruqlar, yo‘riqnomalar, nizomlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
• AJning tegishli xizmatlari tomonidan mehnat intizomini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi sud va boshqa davlat va jamoat organlarida fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, xo'jalik va boshqa ishlar bo‘yicha AJ rahbariyatining vakolati bo‘yicha vakillik qilish;
• Rahbariyatga imzolash uchun tayyorlangan huquqiy xususiyatga ega hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshirish;
• AJga kelib tushgan shikoyatlar, arizalar bilan ishlashda ishtirok etish;
• AJ tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish, ular bo‘yicha huquqiy xulosalar berish, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
• “Uzbekistan Airways” AJ xodimlarini joriy qonunchilik haqida xabardor qilish, ularga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatish;
• AJ xodimlariga huquqiy masalalar bo‘yicha maslahat berishi va yuzaga keladigan huquqiy masalalar bo‘yicha xulosa berish;
• AJ rahbariyatiga imzolash uchun taqdim etilgan hujjatlar loyihalari amaldagi qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlanganda xulosalar berish va ularda ushbu nomuvofiqlikni ko‘rsatishi va loyihada qo‘yilgan masalalami hal etishning huquqiy tartibi bo‘yicha takliflarni kiritish;
• AJda faoliyat уuritayotgan jamoat tashkilotlariga huquqiy yordam ko‘rsatishi;
• Debitorlik qarzlari bo'yicha sudgacha tartibdagi va shikoyat-da’vo ishlarini olib borishi, shuningdek belgilangan tartibda sud-huquq va boshqa organlarda O‘zbekiston Respublikasi hududi va xorijda AJ manfaatlarini himoya qilish;
• Faoliyati bilan hisobotlarni yuritish;
• Va b.
Ish sharoitlari:
• Rasmiy ishga joylashish.
• 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
• O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
• Sinov muddati: 3 oy.
Asosiy ko‘nikmalar:
• O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
• Rus tili – C2 – mukammal daraja
• Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
• Normativ-huquqiy hujjatlar
• Shartnomalar tuzish
• Ishbilarmonlik aloqalari
• Muzokaralar o‘tkazish
• Ishbilarmonlik yozishmalari
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin:
Erkin.Alimov@uzairways.com