Normativ ma’lumotnomalar bo‘limi mutaxassisi
Share on social media
Работодатель:
Ish beruvchi: “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi.
Bo‘linma: IT infratuzilma, raqamlashtirish va kiberxavfsizlik boshqarmasi.
Stavka: 1,00.
Oylik maosh: shtat jadvaliga muvofiq.
Talab etilgan ish tajribasi: 3 yildan kam emas.
Bandlik shakli: to‘liq bandlik.
Ish rejimi: to‘liq ish kuni.
- Fuqaroligi: O‘zbekiston Respublikasi.
- Tugallangan oliy ma’lumot: IT mutaxassisliklari bo‘yicha.
- Lavozim vazifalarini bajarishga yetarli darajada o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilish.
- Shu kabi lavozimda ish tajribasi – 3 yildan kam emas.
- Normativ-ma’lumotnoma hujjatlar, ma’lumotnomalarni tayyorlash asoslarini bilish.
- Axborot texnologiyalari va fuqarolik aviatsiyasi, shuningdek tegishli sohalarga oid atamalar va tushunchalarni bilish.
- Lavozim yo‘riqnomasida belgilangan talablarni bajarish, shuningdek:
- Ma’lumot manbalari tizimlarini tahlil qilish;
- Axborot tizimlarida me’yoriy-ma’lumotlar bazalarini faol holatda saqlash;
- Ichki me’yoriy hujjatlarga muvofiq, nomenklaturalarni kiritish bo‘yicha foydalanuvchilarning so‘rovlarini tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish;
- Asosiy ma’lumotlarni yangilash bo‘yicha foydalanuvchi so‘rovlarini qayta ishlash – yangi katalog elementlarini yaratish, mavjudlarini moslashtirish;
- Normallashtirish uchun qabul qilingan katalog yozuvlari tasnifini aniqlashtirish;
- Ma’lumotnomalar yozuvlari nomlarini standartlashtirilgan shaklga keltirish;
- Toifalar (sinflar) shablonlariga muvofiq yozuv xarakteristikalarini to‘ldirish;
- Ma’lumotnoma ma’lumotlarini yuritish bo‘yicha ishlarni tartibga soluvchi hujjatlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, ma’lumotnoma ma’lumotlari bilan ishlashda foydalanuvchilarni texnik va uslubiy ta’minlash;
- Foydalanuvchilarga asosiy ma’lumotlarni boshqarish vositalaridan foydalanish bo‘yicha ta’lim va maslahatlar berish;
- Aksiyadorlik jamiyatining xorijdagi tarkibiy bo‘linmalari va vakolatxonalarida shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish va boshqalar.
- Va b.
- Rasmiy ishga joylashish.
- 5 kunlik ish haftasi, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
- O‘z vaqtida, barqaror ish haqi.
- Sinov muddati: 3 oy.
- O‘zbek tili – C2 – mukammal daraja
- Rus tili – C2 – mukammal daraja
- Ingliz tili – C1 – ilg‘or daraja
- Normativ-ma’lumotnoma hujjatlar
- Ma’lumotnomalar, klassifikatorlar tuzish
- Savodli og‘zaki va yozma nutq
Rezyume ko‘rib chiqish uchun quyidagi elektron manzilga yuborilsin: