We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

“O‘zbek tili bayramiga “4” kun qoldi”

Share on social media

alt

So‘z – zabarjad, So‘z – gavhar, oltin!

So‘z – zabarjad,

So‘z – gavhar, oltin.

Zargarlikning mashaqqati ko‘p.

So‘zni baytga qadashdan oldin

Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p!

Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo bo‘lmasam, hayratlanmasam, menga shoirlik qayda edi!

Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi,

Mehru shamsu xurshidi gardun chiqdi.

Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu jo‘ngina va g‘o‘rgina ikki satrning o‘zida quyoshning oltita nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish mumkin. Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoshning o‘ndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k... Bular dafʼatan xayolga kelganlari xolos! Arsh, davvor, minu singari kam ishlatiladigan xos so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yana-da uzayadi.

Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobidan.