We use cookies on the site In order to improve provided services. If you stay on this site, you accept the terms of the privacy policy and the use of personal data.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973-1048)

Share on social media

berIbn Sino va Al-Xorazmiy bilan bir qatorda turuvchi musulmon Sharqi “Uyg‘onish davri”ning eng mashhur namoyandasi. U geografiya, matematika, astronomiya, mineralogiya, geodeziya, falsafa kabi bir qator fanlarga oid ko‘plab fundamental asar, traktat va qo‘llanmalar yaratgan.
O‘z davrida birinchi bo‘lib Yerning shar shaklidaligini va u quyosh atrofida aylanishi g‘oyasini ilgari surgan, keyinroq Yer radiusini (taxminan 6000 km) o‘lchagan. Dunyoga mashhur Markaziy Osiyolik to‘rt qomusiy olimdan biri – Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yil Kat shahrida (Xorazmning o‘sha davrdagi poytaxti, hozirgi O‘zbekistondagi Xivaga yaqin yerda joylashgan) dunyoga keldi. Uning hammaga ma’lum “Al-Beruniy” ( arabchada mazkur so‘z “tashqari”, “boshqa tomon” kabi ma’nolarni anglatadi) taxallusi uning shahar tashqarisida tug‘ilgani bilan bog‘liq.

 

Beruniy asarlari

berAl-Beruniy jami bo‘lib 130dan ortiq qo‘lyozmalarni yozib qoldirgan. Ularning beshdan bir qismigina bizgacha yetib kelgan. Al-Beruniy Buxoroda yashagan Ibn Sino (G‘arbda “Avitsenna”)ning zamondoshi hisoblanadi va u bilan doimo fikrlar almashib turgan. Al-Beruniyning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u islom olamining universal xarakterdagi olimi hisoblangan, barcha tadqiqotlarini shunchaki qog‘ozga tushiribgina qolmay, bu tadqiqodlarning amalga oshirish bosqichlari va tarixini ham yoritib o‘tgan. Uning bu sohada olib borgan ishlari juda muvofaqqiyatli bo‘lgan.

 

Al-Beruniy astronom va geograf sifatida

berAl-Beruniy 995-yildayoq, ya’ni 22 yoshga to‘lganda, birinchilardan bo‘lib globusni yaratdi va yerning sharsimonlignini isbotlab, yerning aylanishini ko‘rsatib bergan. Beruniy yer sharining radiusini aniqlashning 1023 xil yo‘lini kashf qildi. Uning hisob-kitoblari Hind okeanining qirg‘oqlari 6339.6 km.ligini ko‘rsatgan edi bu esa haqiqiy ekvatordagi 6378.1 km.lik masofadan ozgina farq qilgan. XVI asrga qadar Yevropada bu kabi aniqlikdagi o‘lchov xali amalga oshirilmagan edi. U 600 dan ortiq joylarning geografik koordinatalarini o‘zining kuzatishlaridan kelib chiqib aniqlab bergan. Keyinchalik Beruniy suyuqlik zichligini aniqlovchi piknometr ixtirochisi sifatida mashhur bo‘lgan. Uning yordamida Beruniy 18 element va substansiyalarning zichligini aniqlagan. Uning qo‘lyozmalarida ovoz va yorug‘lik tezligi o‘rtasidagi farq haqidagi mulohazalari keltirilgan.