Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

«Uzbekistan airways» AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to`qnashuvi holatlarni oldini olishga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens xizmati boshlig`I va jamiyatni boshqa xodimlari ishtirokida seminar bo`lib o`tdi.

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur Qonunda “manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasiga aniq ta’rif berilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilganligi, davlat tashkiloti xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan Qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligi hamda Qonunning mazmun-mohiyati yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.

altalt

Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi faoliyatini amalga oshiruvchi va undan ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar hamda ularning vakolatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlik choralari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun jazo muqarrarligini to`g`risida atroflicha ma`lumotlar berib o`tildi.

altalt

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish masalalariga to‘xtalib o‘tishdi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari chuqur tahlil qilinib, seminar ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berildi.    

altalt

altalt

altalt

altalt