Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

Uzbekistan Airways Sales endi yangi manzilda

16 Noyabr 2023
9
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Uzbekistan Airways aviachiptalarini sotish bo‘limi yangilangan formatda o‘z eshiklarini ochadi! Milliy aviatashuvchi yo‘lovchilari interaktiv tarzdagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish panellari, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airways Express, Silk Avia reyslari, shuningdek, Uzbekistan Helicopters parvozlariga aviachiptalarni xarid qilish hamda qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar!

alt

Parvozlar bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarga buyurtma berish va aviachiptalarni xarid qilish jarayonlarini yanada qulayroq amalga oshirish maqsadida Uzbekistan Airways Sales sotuv filiali endilikda quyidagi yangi manzil bo‘yicha faoliyat yuritadi: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-uy.

alt

Uzbekistan Airways yangilangan sotuv ofisida yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi chipta kassalari mavjud hamda imkoniyati cheklangan insonlar va yosh bolali yo‘lovchilar uchun alohida sharoitlar yaratilgan. Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airways Express, Silk Avia aviakompaniyalarining parvozlariga aviachiptalarni sotish, bron qilish va qayta rasmiylashtirish imkoniyati hamda Uzbekistan Helicopters xizmatlariga buyurtma berishdan tashqari, yoʻlovchilarga Interline va Code-share’ga asoslangan aviachiptalarni rasmiylashtirish xizmatlari ham koʻrsatiladi. Uzbekistan Airways Sales filialining yangilangan binosida o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish interaktiv panellari ham o‘rnatilgan bo‘lib, ular yo‘lovchilarga rasmiy veb-sayt asosida aviakompaniya xizmatlarini mustaqil ravishda xarid qilish imkoniyatini beradi.  

alt

Shahar markazida joylashganligi va qulay transport aloqalari tufayli yo‘lovchilar aviakompaniyaning savdo filialiga tez va oson yetib borishlari mumkin bo‘ladi.

alt

Uzbekistan Airways Sales ish vaqti: 08:00 dan 20:00 gacha, tanaffus va dam olish kunlarisiz.

Eslatib oʻtamiz, Amir Temur shohko‘chasi 51-uyda joylashgan Uzbekistan Airways Sales ofisi 16-noyabr kuni cheklangan rejimda ishlaydi, yangilangan ofis soat 12:00 dan (16-noyabrdan boshlab, ochilish marosimidan so‘ng) toʻliq ishga tushdi.

Download PDF