Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Enable a screen reader

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasiga HKK vaА320/321 HK ikkinchi uchuvchisi lavozimiga ishga qabul qilish e’lon qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Работодатель:

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1. А320/321HKga amaldagi ruxsatnoma;

2. Amaldagi FA (ATPL) uchuvchisi guvohnomasi;

3. Amaldagi tibbiyot sertifikati

4. ICAO shkalasi bo‘yicha 4 va undan yuqori darajada ingliz tilini bilish (amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan);

5. Ariza berish paytida ushbu lavozimgategishli HK turida, parvozishidagi 9 (to‘qqiz)oydanortiq bo‘lmagan tanaffus;

6. Fuqaro aviatsiyasi yokiharbiy aviatsiya uchuvchisining tamomlangan to‘liq aviatsiya ta’limi;

7. A320/321 turidagi HKda parvoz soati; HKK uchun kamida 1000 soat; ikkinchi uchuvchi uchun – 500 soat;

8. Havo kemasi ekipaji tarkibida ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan darajada davlat (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun), rus va ingliz tillarini bilish;

9. Xorijiy fuqarolar uchun parvoz tajribasi kamida 5 (besh) yil;

10. Vakolatli organ tomonidanguvohnomaning qonuniyligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

11. 55 yoshgacha!

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni elektron formatda (PDF) taqdim etishlari kerak:

− Parvoz uchun ishga joylashishga nomzod uchunrasmiylashtirilgan taqdimnoma (ilova qilingan);

− TUEKning parvozgayaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi;

− FA uchuvchisi guvohnomasi;

− Ta’lim, parvoz soati, o‘zlashtirilgan havo kemalar turlari va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar;

− Asbob-uskunalar (Instrument Rating) bo‘yicha parvozlarga ruxsatni tasdiqlovchi hujjat;

− Parvoz tajribasini tasdiqlovchimehnat daftarchasidan ko‘chirma;

− ICAO tilni baholash shkalasi bo‘yicha 4 darajadan kam bo‘lmagan ingliz tilini bilish darajasiga muvofiqlik sertifikati;

− Harbiy xizmatga yaroqlilik belgisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy guvohnomasi(O‘zR harbiy xizmatga majbur fuqarolari uchun).

Hujjatlar PDF formatda pilot.career@uzairways.com elektron pochta manziliga yuborilsin.

Tanlov Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlov bosqichlari:

  1. Suhbat.
  2. ICAO shkalasi bo‘yicha ingliztili darajasinitasdiqlovchi hujjat.
  3. Trenajyorda tekshirish.

Tanlov ishtirokchilariga “Uzbekistan airways” AJ qatnovlarida tanlovo‘tkaziladigan joyga vaorqaga aviachiptalar taqdim etiladi;

HKK uchun: 70 soat uchun to‘lov – 125 000 000 UZS dan, 90 soat uchun – 150 000 000 UZS gacha.

Ikkinchi uchuvchilar uchun: 70 soat uchun to’lov – 75 000 000 UZS gacha, 
90 soatda 90 000 000 UZS gacha.

Ijtimoiy paket (tibbiy sug‘urta, xodim va oila a’zolari uchun aviakompaniyamizning har qanday muntazam yo‘nalishi bo‘yicha xizmat chiptalari, turar joy to‘lovi - 6.000.000 UZS) ko‘zda tutilgan.

45 kalendar kunigachamehnat ta’tili;

Hujjatlar uchun arizava taqdimnomato‘ldirilishi zarur (qo‘shimchada).