Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi. 1483-yil 14-fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg‘ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning evarasidir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Ushbu sulola tarixda eng yirik sulolalardan biri bo‘lib, uning avlodlari 350 yildan ortiq Hindistonga hukmronlik qiladi. O‘sha davrida Hindiston gullab-yashnaydi.
Yirik hind olimi Javoharla’l Neru u haqida shunday deydi: “Bobur Hindistonga kelgandan keyin katta siljishlar yuz berdi va yangi rag‘batlantirishlar hayotga, san’atga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi”.
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs hisoblanadi.
U hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan, uning barcha nazmiy asarlari “Qobul devoni”, so‘ngra “Hind devoni”ga jamlangan.
Bobur she’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq. Shulardan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiy. U tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda ham asarlar yaratgan. “Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiyoti ustuni xisoblanib, Temuriylar tarixi haqida batafsil so‘ylaydigan yirik manbadir. Hozirgi vaqtga qadar “Boburnoma” 25 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
Shoir nomini abadiylashtirish maqsadida uning ona shahri Andijonda haykal o‘rnatilgan. Har yili 14-fevral respublika bo‘ylab Bobur tavallud topgan kun keng miqyosda nishonlanadi.
Bobur 1530-yilda, Agra shahrida 47 yoshida vafot etdi.