Hurmatli yo‘lovchilar!
Ushbu bilan Sizlarga bagajsiz va qaytarilmaydigan tariflar turlari kiritilganligi, hamda PIECE CONCEPT (bagajlar soniga ko‘ra) tartibi bo‘yicha bagaj qoidalariga o‘tilganligi haqida ma’lum qilamiz.
Bagajsiz/qaytarilmaydigan tariflar uchun quyidagi qoidalar amal qiladi:
- Olib o‘tiladigan bagaj me’yori – 0 ta (0PC)
- Qo‘l yuki me’yori – 1 ta 8 kg gacha (1PC)
- Qaytarish holatida:
- reys uchib ketishidan oldin tashuvning foydalanilmagan uchaskalaridagi yoqilg‘i yig‘imi va e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim,
- reys uchib ketganidan keyin tashuvning foydalanilmagan uchastkalarida faqatgina e’lon qilingan aeroport yig‘imlari qaytarilishi lozim;
- Qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish holatida:
- Reys uchib ketishidan oldin qayta bronlash/ qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan yig‘im undiriladi,
- Reys uchib ketganidan keyin qayta bronlash/qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi;
- Qaytarilmaydigan/ bagajsiz tariflar qaytarish va olib o‘tiladigan bepul bagaj me’yori shartini ko‘zda tutgan tariflar bilan kombinatsiya qilinmaydi;
- Bronlash klassini qaytarilmaydigan/bagajsiz klassidan qaytariladigan/bagajlisiga ko‘tarish taqiqlanadi.
Hurmatli yo‘lovchilar!
E’tiboringizni quyidagilarga qaratamiz:
O‘zbekistondan Dubay/Sharja/Istanbul/Nyu-York va orqaga qaytish yo‘nalishlarida olib o‘tiladigan bagajning kamaytirilgan me’yorli qaytarilmaydigan tariflari kiritilgan:
- O‘zbekiston – Dubay/Sharja/Istanbul va orqaga qaytish yo‘nalishida qaytarilmaydigan tariflar uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori - 20 kg, chaqaloq (INF) toifasidagi yo‘lovchilar uchun – 10 kg belgilangan.
- O‘zbekiston – Nyu-York va orqaga qaytish yo‘alishida qaytarilmaydigan tariflar uchun olib o‘tiladigan bagaj me’yori 1 o‘rin 23 kg gacha (1PC), chaqaloq (INF) toifasidagi yo‘lovchilar uchun – 1 o‘rin 10 kggacha (1PC) etib belgilangan
Shu bilan birga qaytarish va qayta rasmiylashtirish holatida olib o‘tiladigan bagajning kamaytirilgan me’yorli mazkur tariflar uchun alohida shartlar amal qiladi.