Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy (IX—X acp)
Abdulloh ibn Amajur at-Turkiy va uning o‘g‘li Abu-l-Hasan Ali farg‘onalik falakiyotchi olimlardan bo‘lib, bizning adabiyotlarda ularning hayoti va faoliyati, ilmiy merosi deyarli o‘rganilmagan.
O‘rta asrlarning mashhur, eng ishonchli deb tan olingan bibliograflaridan Ibn an-Nadim va Ibn al-Qiftiylar o‘zlarining «al-Fixrist» va «Hakimlar tarixi» («Tarix al-hukama») kitoblarida bu olim haqida shunday deb yozadilar:
«Abu al-Qosim Abdulloh ibn Amajur al-Haraviy Farg‘ona xalqining farzandlaridan. U zamonasining fozil va o‘z mavqeiga ega bo‘lgan ulamolaridan bo‘lgan. Olim quyidagi foydali asarlarning muallifidir:
«[Xatolardan] xolis zij kitobi» («Kitob az-zij al-ma’ruf bi-l-xalis»);
«Bog‘lab turuvchi zij kitobi» («Kitob az-zij al-ma’ruf bi-l-muzannir»);
«G‘aroyib zij» («az-Zij al-badi’iy»);
«O‘tmishlar ziji» («Zij al-mamarrat»);
«Sind-hind ziji» («Zij as-Sind-hind»);
«Qulning ziji» («Zij al-qini»);
«Musofirga foydali kitob» («Kitab zad al-musafir»);
«Fors erasi bo‘yicha Mirrix [Mapc] sayyorasi uchun zij»;
(«Kitab zij al-Mirrix ala at-tarix al-farisi»)».
- «Sayyoralarning tutilishi va bog‘lanishi haqida (astrologik) oldindan aytib berishlar majmuasi» («Javami’ ahkam ad-kusufat val-qiran al-kavakib»). Risola Parij va Leydenda saqlanadi.
- «Taylasan ziji» («Zij at-Taylasan»). Bu qo‘lyozma faqat Parijda saqlanib qolgan. Yuqorvdagi «taylasan» so‘zi arab tilida — bo‘yinni Quyosh nuridan himoya qilish maqsadida salla ustidan yelkagacha tashlab yuriladigan ro‘molni anglatadi. Shu sababdan ba’zi adabiyotlarda muallifning bu risolasi «Ro‘mol ziji» deb tarjima etilgan. Bu zij hozirga qadar o‘rganilmaganligi sababli unga nima maqsadda bunday nom berilganligi aniqlanmagan.
Manbalarda Abdulloh ibn Amajur at-Turkiyning tavallud topgan va vafot etgan yili haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Shuning uchun ham uning yashagan davrini IX-X asrlar deb taxmin qilish mumkin.