В целях улучшения предоставляемых услуг мы используем cookies на сайте. Оставаясь на сайте, вы принимаете условия политики конфидециальности и использования персональных данных.

Размер шрифта

Enable a screen reader

21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

Поделиться в социальных сетях

“Uzbekistan Airways” O‘quv-mashq markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 31 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirda “Uzbekistan Airways” rahbariyati, xodimlari, Toshkent aviatsiya transport prokurori, Toshkent Davlat Transport universiteti o‘qituvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

21oct

Yig‘ilish avvalida “Uzbekistan Airways” AJ Boshqaruv raisi Birichi o‘rinbosari U.Xusanov barcha ishtirokchilarni 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, buyuk qadriyatimiz, qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimizning milliy o‘zligi va mustaqil davlatimiz timsoli, bebaho ma’naviy boyligimiz ekanligini alohida ta’kidladi.

- Jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashdi. Bu yo‘lda behisob qurbonlar berdi, o‘z ona tilini – milliy g‘ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi. Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning, nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir, - dedi Umid Xusanov.

21oct

Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Bobur Bobomurod tomonidan o‘qilgan she’rlar yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Toshkent aviatsiya transport prokurori Sherzod Mamadjanov ona tilimiz tarixi, bugungi kundagi rivoji haqida gapirar ekan - Til-milliy qadriyatlarni birlashtirib namoyon etib turuvchi eng mustahkam zanjir, boy va cheksiz ma’naviy xazinadir. Aslida ham til millatning madaniyati va ma’naviyati, qadim tarixi hamda o‘sha millatga xos bo‘lgan urf-odatlar majmuini yaqqol ifodalaydi. Odam dunyoni til bilan ko‘radi, tili bilan eshitadi va dili bilan idrok qiladi. Millatni millat qiladigan, uni mehvarida ushlab turadigan qudrat bu tildir. Bosh Qomusimizda ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi. Davlat tili hakidagi qonunning qabul qilinishi esa, tilimizning jamiyatdagi mavqeini yanada yuksaltirdi, - deya fikr bildirdi.

- O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda. O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona vatanga ehtirom va sadoqat, deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak», - deb ta’kidlab o‘tdi o‘z ma’ruzasida TDTU O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Anadjan Baltayeva.

21oct

Bayram tadbiri davomida mehmonlar o‘z taqdimotlari va tayyorlangan videoroliklarini namoyish etdilar.

Yig‘ilish so‘ngida tashkilotchilar barcha ishtirokchilarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, bu kabi tadbirlarni tez-tez o‘tkazilishining tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

Скачать PDF