«Uzbekistan Airways» AJ yuk tashishlarni sotish bo'yicha agentlikka nomzodlarga qo'yiladigan talablar
«Uzbekistan Airways» AJ yuk tashishlarni sotish bo'yicha agenti – yuridik shaxs bo'lishi mumkin, agar:
- belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan bo’lsa;
- yuklarni tashish va ularni havo orqali tashish hamda yuklarga ishlov berish sohasiga tegishli kasbiy malakani tasdiqlovchi sertifikati*ga ega bo’lsa;
* Amaldagi sertifikatlar IATA va AJ o'quv markazi tomonidan berilishi mumkin.
- tegishli faoliyat turi uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega bo'lishi, agar u o'zi faoliyat ko'rsatayotgan davlat qonunchiligida nazarda tutilgan bo'lsa.
Malakaviy va texnologik talablar:
Agent:
- kamida 2 nafar malakali mutaxassislardan iborat tarkibga ega bo'lishi;
- binoga ega bo'lishi va kamida bitta idorada / tashkilotda / korxonada ishlashi, shuningdek ishlash uchun zarur bo'lgan jihozlarga ega bo'lishi;
- mijozlarga xizmat ko'rsatishda zarur qulaylikni ta'minlaydigan standart texnik, gigiyena va estetik talablarga javob berishi;
- yuridik manzili sifatida ko'rsatilgan ofisining joylashuvi uning haqiqiy joylashgan joyi bo'lishi kerak.
Agentni tayinlash uchun zarur bo'lgan hujjatlar ro'yxati:
Agentlikka nomzod bo’luvchi yuridik shaxs tomonidan saytda belgilangan shakldagi anketani “Uzbekistan Airways” AJ ning agent.cargo@uzairways.com elektron manziliga yuborilishi talab etiladi. Anketaga quyidagi hujjatlarning korxona muhri bilan tasdiqlangan nusxalari to'plami ilova qilinadi:
- Korxonaning Nizomi va rahbarining pasporti nusxasi;
- Ta'sis shartnomasi va ta'sischi(lar)ning pasportining nusxasi;
- Davlat ro'yxatidan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma;
- Nomzodning ish faoliyati olib boriladigan mamlakatning talabiga ko'ra, yuk tashishni sotish va yuklarni qayta ishlash faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar yoki sertifikatlar;
- Havoda yuklarni sotishni tashkil etish sohasidagi xodimlarning malakasini tasdiqlovchi hujjatlar (IATA/FIATA, milliy yoki xorijiy sertifikatlangan o'quv markazlari, aviakompaniya, tegishli ixtisoslikka ega bo'lgan uchinchi tomon tijorat tashkiloti yoki tegishli profilga ega mutaxassislarni tayyorlash uchun litsenziyasi mavjud bo’lgan institut tomonidan berilgan sertifikat va diplomlar):
a) yuk tashishni tashkil etish/sotish bo'yicha tayyorgarlik kursi – 2 kishi.
b) xavfli yuklarni xavfsiz tashish bo'yicha tayyorgarlik kursi – 2 kishi.
- Agentning moliyaviy holati to'g'risidagi ma'lumotlar (bank hisob varag'ining joriy holatidan ko'chirma, shu jumladan valyuta hisob varag'i, muddati o'tgan kreditorlik/debitorlik qarzlari yo’qligini tasdiqlovchi hujjat – xizmat ko'rsatuvchi bankning ma'lumotnomasi, 2-kartoteka bo’yicha qarzdorlik mavjud emasligi to'g'risidagi ma'lumot);
- Nomzod tashkilot bir yildan ortiq ishlagan taqdirda, o'tgan yil uchun moliyaviy hisobot yoki oxirgi hisobot yili uchun audit hisoboti;
- Barcha mavjud muhrlarning izlari bo'lgan tashkilot blanki;
- Ofis fotosuratlari (fasad va ichki xonalar) ilova qilingan holda binolarni ijaraga berish shartnomasi.