Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Spitamen jasorati

phtSug‘d qoploni

Spitamen jasorati

Spitamen (yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sug‘diyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbari. Yozuvchi V. V. Yanning yozishicha, Spitamenning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab Doro IIIning, soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng, yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 yil davomida mardona qarshilik koʻrsatgan. Arrianning yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget qabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib Spitamenni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. Spitamenning qizi Apana Salavk Iga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. Spitamenning nomi asrlar osha yashab, mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelmoqda.  Spitamen haqida koʻplab badiiy (V. Yanning “Qoʻrgʻon uzra olovlar”, Ya. Ilyosovning “Sugʻdiyona”, M. Qoriyevning “Sugʻd qoploni” romanlari) tasviriy asarlar yaratilgan

Makedonlarga qarshi kurash

Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329-yil bahorida Turon zaminga bostirib kirib, Maroqandani egallaydi va Tanais (Yaksart, hozirgi Sirdaryo) bo‘yidagi qal’alarni egallash bilan mashg‘ul bo‘lib turganda, baqtriyaliklar va sug‘diylar Spitamen boshchiligida Sug‘diyonada qo‘zg‘olon ko‘tarib, Maroqandani qamal qilganlari haqida xabar keladi. Qo‘zg‘olonchilar makedon qo‘shinlari ustidan ketma-ket ajoyib g‘alabalarga erishayotgan edilar, bular Aleksandr qo‘shinining ruhini tushirib yubormoqda edi.

Buning ustiga Aleksandr turgan Tanaisning narigi betiga osiyolik skiflar (saklar) ning katta qo‘shini yetib kelgan bo‘lib, Spitamenga qo‘shilishga tayyor edi. Aleksandr qo‘shini bilan saklarga zarba berish uchun o‘q yomg‘iri ostida daryodan o‘tadi va saklar qisqa, shiddatli olishuvdan so‘ng cho‘l ichkarisiga qarab atayin chekinadilar. Arushanning yozishicha, Aleksandr qo‘shini ularni jazirama issiq sharoitida biroz ta’qib etgach, tashnalik azobidan qiynalgan, u ko‘lmak suvdan ichib, ichburug‘ kasaliga uchrab, orqaga qaytishga majbur bo‘lgan. Makedon bosqinchilarida endi Marokandaga, Spitamenga qarshi katta kuch tashlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Unga qarshi Menedem boshchiligida 3000 piyoda va 800 otliq askar yuboriladi. Spitamen uning yo‘liga pistirma qo‘yib, raqibini qirib tashlaydi, jangda 2000 piyoda va 300 otliq o‘ldiriladi. Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qo‘shin yuborgan.

Lekin Spitamen vaziyatga to‘g‘ri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini bo‘shatib, massagetlar bilan qo‘shilish uchun chekinadi. Spitamen o‘ziga qo‘shilgan 600 massaget otliqlari bilan cho‘lga yaqin sayxonlikda o‘rnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, o‘zi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga o‘q yomg‘iri yog‘diradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek bo‘lsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qo‘shinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan ko‘pi o‘lgan, yarador bo‘lgan.