Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovozli matn uchun saytdagi matnni tanlang

Tenderlar

«Uzbekistan Airways Technics» MChJ avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha eng yaxshi taklifni tanlaydi

19 Oktabr 2021

Eng yaxshi taklif mavzusi:

Chevrolet, Daewoo, Hyundai, Toyota va GAZ rusumining barcha turlaridaga avtomashinalariga texnik xizmat ko’rsatish, dvigatel va yurish qismlarini kapital ta’mirlash bo’icha ishlarini bajarish.

1.Tijorat taklifda quyidagilar bo’lish kerak:

1.1.  Quyidagilar bo’icha ish yoki xizmat narxlarini ko’rsatish:

- motor moyini almashtirish;

- moy filtirini almashtirish;

- havo filtirini almashtirish;

- yoqilgi filtirini almashtirish;

- old tormoz kolodkalarini almashtirish;

- orqa tormoz kolodkalarini almashtirish;

- GTM kamarini almashtirish;

- o’t olish svechalarini almashtirish;

- karbyratorni tozalash va ta’mirlash;

- yurish qismlarini kapital ta’mirlash;

- dvigatelni kapital ta’mirlash.

1.2. Bajarilgan ish yoki xizmat bo’icha to’lovlarini amalga oshirish shartlari.

2. Pudratchiga qo'yiladigan talablar:

- yuqoridagi xizmatlarni bajarish huquqi uchun sertifikat / litsenziyaning mavjudligi.

Tanlovda ishtirok etishga yo’l qo’yilmaydi:

 - qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo’lganlar;

 - Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo’lganlar;

 - belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;

 - ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni to’g’ri bajarmaganlar;

 - vijdonsiz ijrochilarning Yagona reestrida joylashgani.

Tijorat taklifi tashkilotning blankasida xizmat ko'rsatish sharti, narxi (QQS qo'shilgan/qo’shilmagan holda), muddati, yuridik manzili va aloqa telefon raqami ko'rsatilgan holda bo'lishi kerak

To’liq ma’lumotga ega bo’lmagan va belgilangan muddatdan kech kelgan tijorat takliflar ko’rib chiqilmaydi.

Tijorat takliflari muhrlangan yopiq konvertda, 01.11.2021 yil soat 17:00 gacha, "UAT" MChJ direktori Gukasyan Artur Yegishevich nomiga konvertga ilova xati ilova qilingan holda qabul qilinadi, manzil: O'zbekiston, 100167, Toshkent, Aviagorodok, MChJ "UAT".

Faks: 71 255-68-22

Elektron manzil: common@airtech.uz

Aloqa yuzlari:

Transport uchastkasi boshligi – Urmanov Tursunali Olimjonovich

tel.: 71) 255-68-48, 90) 998-16-85