Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovozli matn uchun saytdagi matnni tanlang

Tenderlar

“Uzbekistan Airways” AJ elektron aviachiptani qaytarib berishda yuzaga keladigan zararni sug‘urtalash xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha eng yaxshi taklif tanlovini o‘tkazmoqda

29 Noyabr 2021

To‘lov valyutasi – milliy valyuta – so‘m, yoki xorijiy kompaniyalar uchun valyuta.

Majburiy shartlar:

  • Ishlar bajarishga ruxsat beruvchi hujjatlarning mavjudligi;
  • Ijrochi Shartnomada ko‘rsatilgan yuridik manzil bo‘yicha ofisga ega bo‘lishi kerak;
  • Malakali xodimlarga ega bo‘lish;
  • Ijrochi preyskurant yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha prays-list taqdim etadi.
  • Tomonlarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 670-I-sonli “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy asoslari to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi;
  • Guvohnoma, akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma ilova qilinsin. Tanlovda yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar taqdim etish huquqiga ega vatanimiz hamda xorijiy firmalar va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Alohida shartlar: Tijorat taklifiga hujjat nusxasi, guvohnoma, ruxsatnoma, mazkur xizmat turini taqdim etishga litsenziya ilova qilinsin. 

Tanlovda (konkursda) ishtirok etish uchun cheklovlar:

Takliflarni taqdim etuvchi eng yaxshi takliflarni tanlash ishtirokchilari yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olinishi va taklif etilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turini yetkazib berish huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Quyidagi tashkilotlar va firmalar eng yaxshi takliflarni tanlashda ishtirok etishga qo‘yilmaydi:

  • qayta tashkil etilish, tugatilish yoki bankrotlik bosqichidagi;
  • oldin tuzilgan shartnomalar bo‘yicha olingan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagan;
  • eng yaxshi taklif tanlovi e’lon qilinishidan 6 oy oldin tashkil etilgan;
  • buyurtmachi bilan sud yoki arbitraj muhokamasida bo‘lganlar;

Eng yaxshi takliflarni tanlashda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati, shuningdek uni amalga oshirishning qo‘shimcha mezonlari har bir alohida holatda xolislik, shaffoflik va amaliy maqsadga muvofiqlik tamoyillariga rioya qilgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olishga mas’ul korxona rahbari tomonidan belgilanadi.

Shartnoma yoki import shartnomasi summasi 50 ming AQSh dollaridan oshganda hujjatlar ro‘yxati:

  • Korxona (firma, tashkilot) ning davlat organida tegishli ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat;
  • Eng yaxshi taklifni tanlash predmetida ko‘zda tutilgan ish turlari bo‘yicha amaldagi litsenziyalar nusxalari (har bir alohida holatda va zarur bo‘lganda aniqlanadi);
  • Yetkazib beriladigan uskunalar turi va ishlab chiqarish sertifikatlari nusxalari (har bir alohida holatda va zarur bo‘lganda aniqlanadi);
  • Soliq to‘lovchining identifikatsion raqami; 
  • Imzolash huquqiga ega bo‘lgan yoki yuridik shaxs nomidan harakat qiladigan jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • Turar joyi (pochta manzili) va telefon raqamlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
  • Tijorat taklifi.

Shartnoma yoki import shartnomasi summasi 50 ming AQSh dollaridan oshganda qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxati:

  • Oxirgi yil uchun moliyaviy hisobot, shuningdek, byudjetga qarzdorlik yo‘qligini tasdiqlovchi soliq yoki mehnat organidan ko‘chirma yoki ma’lumotnoma (ariza berilgan sanaga va zarur bo‘lganda);
  • ta’sischilar (aksiyadorlar, ishtirokchilar) va ularning ustav kapitalidagi ulushlari (yuridik shaxs kapitali) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • oxirgi 2 yillik ish tajribasi va boshqa ma’lumotlar,
  • yetkazib beruvchi kompaniyaning o‘ziga xos faoliyati (har bir aniq holatda va zarur bo‘lganda belgilanadi);
  • korxonada (firma, tashkilotda) xodimlarning shtat va ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, har bir aniq holatda va kerak bo‘lganda aniqlanadi), boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar.

Tijorat takliflari quyidagi manzilda qabul qilinadi: O‘zbekiston, GSP 100060, Toshkent, Amir Temur shoh ko‘chasi, 41. “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ boshqaruvi Eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha komissiya, Eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha komissiya raisiga.

Ma’lumot uchun telefon: 78 140-47-09,

E-mail: e_commerce@uzairways.com

Tanlov oid takliflarni qabul qilish muddati: 2021-yil 13.01.2022.

Tijorat takliflari pochta, elektron pochta orqali qabul qilinadi. 

Elektron pochta bo‘yicha ilova qilinadigan hujjatlar - skanerdan o‘tkazilgan.