Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovozli matn uchun saytdagi matnni tanlang

Tenderlar

E'lon

10 Noyabr 2021

«Uzbekistan Helicopters» mas’uliyati cheklangan jamiyat O‘zbekiston Sog‘likni Saqlash Vaziri o‘rinbosari 2003-yil 06-oktyabrdan tasdiqlagan «Mehnatning zararli sharoitlari bilan ishlarga bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarga tekin sut yoki boshqa qiymati bir xil bo‘lgan mahsulotlarni berish  tartibi haqida» hujjatga muvofiq sut mahsulotini yetkazib berish xizmatini ko‘rsatishga manfaatdor tashkilotlar (shaxslar) orasida tanlov o‘tkazadi.

To‘lov shartlari:

Buyurtmachi tomonidan oldindan to‘lov shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida shartnoma summasidan 15% o‘tkaziladi, qolgan 85% - ko‘rsatilgan xizmatlar dalili bo‘yicha.

To‘lov valyutasi – milliy valyuta – so‘m.       

Majburiy shartlar:

Yetkazib beriladigan sut mahsulotining sifati O‘zbekiston Respublikasi qonunlar majmui bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiq kelishi lozim, boshqalar orasida, O‘zbekiston Respublikasi davlat mezonlariga muvofiqlik bilan birga.

Tanlovda sut mahsulotini ishlab chiqarish va yetkazib berish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar, firmalar ishtirok etishi mumkin.   

Tijorat taklifiga tashkilot yoki firmaning, faoliyatning mazkur turini amalga oshirish huquqini tasdiqlaydigan (guvohnomalar va litsenziyalar) hujjatlarni ilova qilish zarur.

Tomonlarning javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29.08.dan 670-1-sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi haqida» Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.  

Тanlov takliflari quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:

O‘zbekiston - 100167, Toshkent shahri Qumariq ko‘chasi, Aeroport,

«Uzbekistan Helicopters» MChJ uchun

Telefon/faks: (71) 2155664, (97) 7601825

e-mail: helicopters@uzairways.com.

Тanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar 2021-yil 18-noyabr soat 17.00.gacha qabul qilinadi.