Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovozli matn uchun saytdagi matnni tanlang

Tenderlar

E'lon

22 Sentabr 2021

"Uzbekistan Airways Technics" MChJ ("UAT" MChJ) "Uzbekistan Airways Technics" Mas'uliyati Cheklangan Jamiyati MChJ hududida joylashgan qozonxonalarga texnik xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni o’qitish va qayta sertifikatlashtirish xizmatlarini ko’rsatish uchun eng yaxshi taklifni tanlashi to’g’risida e’lon qiladi

1. Xizmatlar turi:

- qozonxona xodimlarini o’qitish va qayta sertifikatlashtirishni tashkillashtirish

- guvohnoma (sertifijat) taqdim etish

- 30 kishilik guruh

2. To'lov Pudratchining hisob raqamiga O’zbekiston Respublikasi So'mida bank o'tkazmasi orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi.

- oldindan to'lov shartnoma umumiy summasining 15% (foiz) miqdorida Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan shartnoma imzolanganidan keyin 15 (o'n besh) bank kuni ichida amalga oshiriladi.

- 85% (foiz) miqdoridagi yakuniy to'lov Tomonlar imzolagan Tugallanganlik guvohnomasi va Pudratchi tomonidan berilgan hisob-faktura asosida xizmatlar ko'rsatilganda amalga oshiriladi.

3. Pudratchiga qo'yiladigan talablar:

- yuqoridagi xizmatlarni bajarish huquqi uchun sertifikat/litsenziyaning mavjudligi.

- ta'lim Davlat sanoat xavfsizligi qo'mitasi qoidalariga muvofiq olib boriladi

- Buyurtmachi hududida o'qish joyi (o'qituvchilarning kelishi)

Tanlovda ishtirok etishga yo’l qo’yilmaydi:

- qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida bo’lganlar;

- Buyurtmachilar bilan sud yoki arbitraj muhokamasi holatida bo’lganlar;

- belgilangan muddatda barcha zarur hujjatlarni taqdim etmaganlar;

- ilgari tuzilgan shartnomalar bo’yicha ilgari qabul qilingan majburiyatlarni to’g’ri bajarmaganlar;

- vijdonsiz ijrochilarning Yagona reyestrida joylashgani.

Tanlov takliflari tashkilot blankida xizmat ko'rsatish muddati, shartlari, narxi (QQS bilan/QQSsiz), yuridik manzili va aloqa telefoni ko'rsatilgan holda bo'lishi kerak.

«UAT» MChJ direktor vazifasini bajaruvchi Gukasyan Artur Yegishevich nomiga yuborilgan takliflar yopiq konvertda 30.09.2021yil soat 1700 gacha: O'zbekiston, 100167, Toshkent, Aviagorodok, «UAT» MChJ manzilida qabul qilinadi.

Elektron pochta: common@airtech.uz

Tel.: (71) 255-83-11

Aloqa yuzlari:

  1. YTXK bosh menejeri  – Nikolish Sergey Vladimirovich, tel. (+998 90 9981669)
  2. Bosh mexanik – Burlutskiy Andrey Nikolaevich, tel. (+998 90 1672708)