Ko'rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash maqsadida biz saytda cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytda qolishingiz, maxfiylik siyosati va shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish shartlarini qabul qilganingizni anglatadi.

Shrift o'lchami

Ovoz berishni yoqish

Yangiliklar

Ajoyib tanlov

4 Avgust 2021

Airbus H-125 vertolyotida uchishni xohlaysizmi?

Demak bu tanlov Siz uchun!  

Joriy yilning 4-avgustidan aviakompaniyaning Facebook, Instagram, Telegramdagi sahifalari obunachilari oʻrtasida ajoyib tanlovni boshlaymiz. 

Tanlovda ishtirok etish uchun obunachilar quyidagi bosqichlarni bajarishlari kerak:

1. Uzbekistan Airways’ning Facebook(@uzairways.official), Instagram(@uzairways), Telegramdagi(@uzbekistanairways) sahifalariga obuna boʻlish; 

2. Instagram va Facebookdagi tanlov postiga layk bosish; 

3. Tanlov haqidagi postni Stories-da ulashish va bizni Instagramda belgilash. 

Tanlov 11-avgust soat 18-00 ga qadar davom etadi va shu kunning oʻzidayoq biz uchta omadli  g`oliblarni toʻgʻridan-toʻgʻri efirda Lizaonair xizmati orqali e’lon qilamiz. 

Shuni unutmangki, tanlovda ishtirok etish uchun sizning sahifangiz shaxsiy, faol boʻlishi va ochiq bo`lishi kerak (brend akkauntlari, internet-doʻkonlar, hamjamiyatlar va guruhlarning akkauntlari, shaxsiy rasmlarsiz yoki ishlamaydigan akkauntlar tanlovda qatnasha olmaydi).  

Ommaviy oferta